Boqi Muhammadxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Buxoro hukmdorlari}}
 
'''Boqimuhammad''' — [[Buxoro]] xoni (1599 — 1605), oʻzbeklarning [[Ashtarxoniylar]] sulolasidan. Jonibek sultonning oʻgʻli.
 
Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili [[Pirmuhammadxon]] (1598—1601) Boqi Muhammadxonni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan (1599). Shunday boʻlsada, Boqi Muhammadxon tez orada oʻz mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay qoʻygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601-yil iyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamol degan joyda Boqi Muhammadxon bilan jang qilib, magʻlubiyatga uchragan. Soʻng Boqi Muhammadxon Buxoroga kirib, xonlik taxtini egallagan. Shu tariqa Buxoroda yangi sulola  — ashtarxoniylar xukmronligi boshlangan. Boqi Muhammadxon oʻz hukmronligi davrida xonlik hududi yaxlitligini saqlab qolish va oʻziga qadar oʻtgan xonlar qoʻldan chiqargan yerlarni dushmandan qaytarib olish maqsadida koʻplab urushlar qilgan. Chunonchi, Boqi Muhammadxon Balx taxtiga daʼvo qilib isyon koʻtargan (1601—02) ashtarxoniy shahzodalar  — Abbos sulton va Rahmonquli sultonlarni magʻlub etgan (1602-yil bahori). Eron shohi [[Abbos I]] Balxni bosib olish, soʻngra Boqi Muhammadxonni taxtdan ag'daribagʻdarib, uning oʻrniga shayboniylardan Muhammad Salim sultonni oʻtqazish va bu bilan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligiga chek qoʻyish maqsadida katta qoʻshin bilan yurish qilganda, Boqi Muhammadxon Amudaryo boʻyidagi Puli Xataba degan joyda unga peshvoz chiqib (1602-yil iyul), Eron qoʻshinini butunlay tormor keltirgan. Shoh Abbos I esa qolgan-qutgan askarlari bilan arang qochib qutilgan. 1603-yil 25-martda Boqi Muhammadxon temuriylardan Kobul hokimi Muhammad Hakim Mirzoning jiyani Badiuzzamon bosib olgan Qunduz shahrini uch oy qamal qilgach, yana qayta qoʻlga kiritgan. Boqi Muhammadxon mamlakatni idora qilish tizimi va soliqlarni tartibga solish, qoʻshinni qayta tashkil qilish kabi qator islohotlar oʻtkazgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, obodonchilik ishlariga katta eʼtibor bergan.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{Buxoro hukmdorlari}}
{{Ashtraxaniylar}}
{{OʻzME}}