Quva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
+
Qator 61:
== Tarixi ==
Shaharning vujudga kelishi va nomi haqida turli rivoyatlar mavjud. „Fargʻona tarixi“ning muallifi Ibratning yozishicha, Quva „Qubod“ yoki „Qubo“ deb atalib, keyinchalik „Quva“ shaklini olgan. … va Davan davlati toʻgrisida dastlabki maʼlumotlar mil. av. 2-asrga mansub Xitoy manbalarida keltirilgan. Oʻsha davrda Quva kengayib Qoʻhandiz, Shahriston va Rabod kabi uch qismdan iborat boʻlgan. Shahar tevaragi ikki qator qalin va baland mudofaa devori bilan oʻralgan. Rabodda baland (3,6 m) yaxlit tagkursi ustida [[Quva budda ibodatxonasi|budda ibodatxonasi]] qad koʻtargan. Ibodatxona 8-asr boshlarida arablar tomonidan vayron qilingan. 9—12-asrlarda Quva Fargʻonaning yirik, koʻrkam va obod shahriga aylangan. Istaxriyning taʼkidlashicha, Quva kattaligi jihatidan Fargʻonada Axsikatdan keyin ikkinchi shahar hisoblangan. Ibn Havqalning yozishicha, Quva Sayxun (Sirdaryo)gacha yetib boradigan nahr sohilida qad koʻtargan. Uning markazida Registon maydoni, Qoʻhandizda jome masjidi, Rabodida esa saroy, qamoqxona va bozorlari joylashgan. Quva moʻgʻullar istilosi oqibatida vayron etilib, 14—16-asrlarda qasaba shaklidagi maskanga aylangan. Yoqut Hamaviy Quvani katta shahar deb ataydi. Shahar Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ asariga ilova qilingan xaritasida koʻrsatilgan. Quvada hunarmandchilik rivojlangan. Temirchilik va shishasozlik yuksak darajaga yetgan, shaharning oʻz tangasi zarb qilingan. „Boburnoma“da Quva Andijondan 4 ogʻoch (farsax) narida joylashgan qishloq deb aytiladi.
 
Quvada hozirda saqlanib qolmagan 2 ta madrasa boʻlgan: [[Muhammad Alixon madrasasi (Quva)|Muhammad Alixon]] va [[Mir Shahobiddinxoʻja madrasasi|Mir Shahobiddinxoʻja]] madrasalari.
 
Tarixchi A.Muhammadjonovning fikricha, shahar nomi „Qaviybod“, „Qavobod“ yoki „Qaybod“ shakllarida talaffuz etilgan va qaviylarning qarorgohi, tojdor hukmdorning kayoniy taxti oʻrnatilgan qasr va mamlakatning bosh shahri — poytaxt maʼnosini anglatgan. Keyinchalik oʻzgarib Quva shaklini olgan.