Orol dengizi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Orol kõli kattaligi sababli unga dengiz nomini berishgan
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
tuzatma: õ → oʻ
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Orol dengizi''' — [[Oʻrta Osiyo]]dagi eng katta berk [[kõlkoʻl]]. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston ([[Qoraqalpogʻiston]]), shimoli-sharqiy qismi [[Qozogʻiston]] hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi ([[Kaspiy dengizi]], Amerikadagi [[Yuqori koʻl]] va Afrikadagi [[Viktoriya (koʻl)|Viktoriya]] koʻlidan keyin), [[Yevrosiyo]] [[materiklar|materigi]]da (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli-sharkdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428&nbsp;km, eng keng joyi 235&nbsp;km (45° shahrik.) boʻlgan. [[Suv havzasi|Havzasi]]ning [[maydon]]i 690 ming km², suvining hajmi 1000&nbsp;km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori [[pliotsen]]da Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) [[tekislik (maydon)|tekis]]. Orol dengizida juda koʻp [[yarim orol]] va [[qoʻltiq]]lar boʻlgan. [[Shimol]] [[qirgʻoq|qirgʻok]]larida eng katta qoʻltiqlaridan [[Chernishev]], [[Paskevich]], [[Sarichigʻanoq]], [[Perovskiy]], janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida [[Tushbas]], [[Ashshibas]], [[Oqsagʻa]], [[Suluv]] va boshqa, [[Amudaryo]] bilan [[Sirdaryo daryosi|Sirdaryo]] quyiladigan joylarida [[Ajiboy qoʻltigʻi|Ajiboy]], [[Tolliq]], [[Jiltirbos|Jiltirbas]] qoʻltiklari, [[Qulonli]] va [[Moʻynoq]] yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda [[Sariqamish soyligi|Sariqamish]] va [[Oʻzboʻy]] orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari [[gʻarb]]iy qismida. Qoraqalpogʻiston [[Ustyurt]]a yonida chuq. 69 m gacha yetgan.
 
Koʻlning sayoz joylari uning jan., janubi-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.