Anushirvon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matn qo’shdim
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 37.110.215.159 tahrirlari Albatros777 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
'''Anushirvon''' (to‘liq ismi Xusrav I Anushirvon) — sosoniylar sulolasiga mansub Eron podshohi. Anushirvon otasi — Qubod joriy qilgan idora usuli, soliq tizimi hamda harbiy sohalarda jiddiy islohotlar o‘tkazdi, mamlakatni raiyatparvarlik bilan boshqardi.570-yilda Yamannni istilo qildi. Hind eposi „Kalila va Dimna“ Anushirvon topshirig‘i bilan paxlaviy tiliga tarjima qilindi, Avesto qayta ko‘chirildi. Anushirvon shahar va qishloqlarni obod etish, ko‘hna qadriyatlarni tiklashga alohida eʼti-bor berdi, uning davrida zardushtiylik rshojlandi, o‘zaro urushlarga uzilke-sil barham berildi. Anushirvonning adolatli-ligi, maʼrifatparvarligi xalq orasida keng yoyiddi, og‘zaki ijodda ham, yozma adabiyotlarda ham Anushirvon haqida qissalar to‘qildi. Firdavsiy Anushirvon haqida doston yaratgan va uni „Shohnoma“ga kiritgan. „Qobusnoma“, „Siyosatnoma“, „Jome ul-hikoyot“, „Gulzor“, „Miftoh ul-adl“ va boshqa kitoblarda Anushirvon to‘g‘risida ko‘plab hikoyatlar keltirilgan. Alisher Navoiy „Hamsa“sida ham u haqda maʼlumot uchraydi. Anushirvon asli tarixiy shaxs bo‘lgan, keyinchalik Sharq xalqlari badiiy ijodida keng tarqalgan timsolga aylangan.
 
== Manbalar ==