Texnika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Bot v1: Tuzatishlar
kTahrir izohi yoʻq
Qator 16:
18-asr oxirida bugʻ mashinasi va toʻqimachilik mashinalarining paydo boʻlishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi.
 
19-asrda bosma mashina, telegraf apparatoʻ, fotografiya, ichki yo’nuv dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, t.y.temir yoʻl transporta rivojlandi va boshqa 20-asrda elektr energiyasidan foydalanish kuchaydi, aviatsiya, atom texnikasi, hisoblash texnikasi, elektronika, televideniye, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va boshqa taraqqiy etdi. 21-asr boshlaridan axborotlar texnologiyasi (internet, uyali telefon va boshqalar) rivojlana boshladi.
 
Qanday vazifani bajarishiga qarab, T. ishlab chiqarish va ishlab chiqarish. da katnashmaydigan T.ga (maishiy xizmat koʻrsatish, i.t., maorif va madaniyat, harbiy, tibbiyot T.siga) ajraladi. Ishlab chiqarish T.siga mashinalar, mexanizmlar, asboblar, mashina, texnologik jarayonlar, boshqariladigan apparatlar, sanoat binolari va inshootlari, yoʻllar, koʻpriklar, kanallar, transport, kommunikatsiya, aloka vositalari va boshqa kiradi. Ishlab chiqarish T.sining faol qismi mashinadir. Unga texnologik mashinalar — metallga ishlov berish, qurilish, togkon, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi., toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz tayyorlash mashinalari va boshqa, transport mashinalari — avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar va boshqa, konveyerlar, elevatorlar, kranlar va boshqa, nazoratboshqarish va xisoblash mashinalari — elektr mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va boshqa kiradi. Texnika texnika vositalari orasida energiya hosil qilish va uni bir turdan ikkinchisiga aylantirishga xizmat qiladigan energetika T.sining axamiyati katta. Harbiy T. (tanklar, artilleriya, raketa qurilmalari, uchish apparatlari, suv osti va suv usti kemalari va boshqalar) aloxida T. vositalari guruhini tashkil qiladi.