Fizika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 185.139.137.206 tahrirlari MalikxanBot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 79:
Fizika tekshiradigan hodisalarni miqdoriy tahlil qilishda matematikadan keng foydalanadi. Hodisalarning oʻtishi va ularning tabiatidagi murakkablikka qarab qoʻllaniladigan mat. usullari ham murakkablashadi. Hozirgi davrda elementar matematika, differensial, integral hisoblar, analitik geometriya, oddiy differensial tenglamalar bilangina cheklanib qolish mumkin emas. Masalan, maydon nazariyasida tenzorlar, operatorlar kabi tushunchalardan keng foydalaniladi. Fizikaning rivojlanishi hamma vaqt boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan. Fizikaning rivojlanishi boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishiga va koʻpgina hollarda yangi fanlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Masalan, fiziklar tomonidan mikroskopning ixtiro etilishi kimyo, biologiya, zoologiya fanlarining keng koʻlamda rivojlanishiga sabab boʻldi. Teleskopning yaratilishi, spektral analiz qonunlarining kashf etilishi astronomiya fanining rivojlanishini jadallashtirdi. Elektromagnit induksiya hodisasining kashf etilishi va radioning ixtiro etilishi elektronika va radiotexnika fanlarining vujudga kelishiga olib keldi. Juda koʻp sohalar borki, ularni fizika boshqa fanlar bilan birgalikda oʻrganadi. Shu tariqa kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va boshqa fanlar vujudga kelgan. Fizikada yaratilgan kashfiyotlar texnikaning turli sohalari rivojlanishiga, provardida sanoat va xalq xoʻjaligining jadal rivojlanishiga olib kelgan. Kundalik hayotda ishlatilayotgan elektr yoritkich asboblari, radiopriyomniklar, televizorlar, zavod va fabrikalardagi turli xil stanoklar, zamonaviy elektron hisoblash mashinalari, samolyotlar va boshqalar fizikadagi yaratilgan kashfiyotlarning natijasidir. Oʻz navbatida, texnika fanlarining erishgan yutuqlari fizikaning yanada rivojlanishiga sababchi boʻlgan. Texnikaning, umuman xalq xoʻjaligining rivojlanib borishida uzluksiz ravishsa vujudga keluvchi fizik muammolarni hal etib borishga toʻgʻri keldi. Bu esa texnika fanlarining hamma vaqt fizika bilan xamkorlikda ish olib borishini taqozo etadi. Oʻzbekistonda yadro fizikasi, fizik elektronika, qattiq jismlar fizikasi, yuqori energiyali va kosmik nurlar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, akustooptika, akustoelektronika, lazerlar fizikasi, geliofizika, geliotexnika va boshqa fizika sohalarida muhim yutuqlarga erishildi.
 
Hozir Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, Fizika-texnika instituti, S.A. Azimov nomidagi "Fizika-Quyosh" IICHB, U. O. Orifov nomidagi Elektronika instituti kabi oʻnlab ilmiy muassasalar, Toshkent milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik instituti va respublikadagi qariyb barcha oliy oʻquv yurtlarida ham fizika fanining turli muammmolariga oid ishlar olib borilmoqda.<ref>U.O.Orifov, S.A.Azimov, SV.Starodubsev, S.U.Umarov, Gʻ.Yo.Umarov, R.B.Bekjonov, M.S.Saidov, U.Gʻ.Gʻulomov, P.Q.Habibullayev, Q. Gʻ.Gʻulomov, FizikaRasulov, N.Y.Toʻrayev, M.M.Musaxonov, B.S. Yoʻldoshev, A.K.. Otaxoʻjayev, R.A. Moʻminov, A.T. Mamadalimov, T.M. Moʻminov, M.S. Yunusov, N. Toʻrayev, A. Noʻʼmonxoʻjayev, M. Rasulova va boshqalarning xizmatlari katta „{{PAGENAME}}“ ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/Oʻzbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20F%20harfi.pdf F-harfi]{{Deadlink|date=January 2021 |bot=InternetArchiveBot |fix-attempted=yes }} Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyot ==