Matematika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 185.139.137.206 tahrirlari MalikxanBot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 57:
20-asr 50-yillaridan boshlab respublika M.ning boshqa sohalari boʻyicha ham ilmiy maktablar vujudga keldi. T. A. Sarimsokrv funksional analiz sohasida, I. S. Arjanix, M. S. Salohiddinov va T. J. Joʻrayev — matematik fizika tenglamalari nazariyasi, I. S. Kukles — oddiy differensial tenglamalar nazariyasi, T. N. Qori-Niyoziy, S. H. Sirojiddinov, G. P. Matviyevskaya — matematika tarixi, V. Q. Qobulov, F. B. Abutaliyev , N. A. Bondarenko, T. Boʻriyev, A. F. Lavrik hisoblash M.si va sonlar nazariyasi yoʻnalishlariga asos soldilar. 20-asrning soʻnggi choragida optimal boshqaruv nazariyasi (N. Yu. Sotimov), invariantlar nazariyasi (J. Hojiyev), matematik fizikaning funksional usullari ([[Shavkat Alimov|Sh. O. Alimov]]), operator algebralari va kvant fizikasining matematik usullari ([[Shavkat Abdullayevich Ayupov|Sh. A. Ayupov]]) kup kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi (A. S. Sadullayev) kabi eng zamonaviy sohalarida tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi, Oʻzbekiston matematiklari [[Moskva]], [[Sankt-Peterburg]], [[Novosibirsk]], [[Kiyev]], [[Yekaterinburg]]dagi ilmiy markazlar bilan anʼanaviy aloqalaridan tashqari yangi imkoniyatlarga ega boʻldilar. [[Buyuk Britaniya]], [[Fransiya]], [[AQSh]] ilmiy markazlarida oʻzbekistonlik matematiklar asarlari muntazam chop etila boshladi.
 
1999-yilda Oʻzbekiston matematiklari jamiyati tashkil etildi (raisi — [[Toʻxtamurod Joʻrayev|T. J. Joʻrayev]]), 1991-yildan "Oʻzbek matematika jurnali — Oʻzbekskiy matematicheskiy jurnal", 2001-yildan oʻquvchilar uchun "Matematika, fizika va informatika" jurnali nashr etila boshladi. Bugungi kunda (2001-yil) respublikada 70 dan ortiq fan doktori, 300 dan ortiq fan nomzodi faoliyat koʻrsatmoqda.
Ma'lumotlar: ISLOMOV NURLIBEK tamonidan
 
== Adabiyot==