Mazlumxon Suluv maqbarasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Mazlumxon suluvSuluv maqbarasi''' — [[Qoraqalpogʻiston|Koraqalpogʻiston]]ning [[Xoʻjayli]] [[shahar|shahri]] yaqinidagi [[meʼmorlik|meʼmoriy]] [[yodgorlik]] ([[XIII asr|13]]—[[XIV asr|14-asr]]lar). [[Mizdaxqon]] tepaligida joylashgan. [[Maqbara]] 5 [[xona]]dan iborat. Uning asosiy qismi yer ostida joylashgan. Maqbara sahniga yarmigacha koʻmilgan [[ravoq]] orqali [[zina]]^ti [[yoʻlak]]dan tushiladi. Yoʻlak ustki va ostki qismga ajratilgan. ularning oʻrtasiga [[gumbaz]]li [[chorsi]] xona — [[dahliz]] (2,25 x 2,30) [[qurilish|qurilgan]]. Pastki yoʻlakning oʻng tomonida yana bir gumbazli xona (2,92 x 3,00 m) joylashgan. Yulak zinalaridan katta xonaga (7,40 x 7,50 m) tushiladi. Xona ichi ravoqli [[taxmon]]lar hisobiga keng koʻrinadi. [[Sharq]]iy va [[shimol|shim.]] ravogʻida sagʻanalar joylashgan. Sagʻanalar 13— 14-asrlarga xos quyma [[koshin]]lar bilan chiroyli va nafis bezatilgan. [[Bezak]]lar orasiga [[falsafa|falsafiy]] [[mazmun va shakl|mazmun]]dagi [[fors tili|forscha]] [[sheʼr]]lar bitilgan. Sagʻanalar ustidagi xatlar toʻla saqlanmaganligi sababli kimlardafn qilingani nomaʼlum. [[Rivoyat]]ga koʻra, bu yerdagi sagʻanalardan biri [[Xorazm]] [[shoh]]ining Mazlumxon ismli [[goʻzallik|goʻzal]] (suluv) qiziniki boʻlgan deb taxmin qilinadi. Sagʻananing tomi 8 qirrali gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz [[darcha]]lari [[ganch]] panjarali. [[Panjara]]larning dumaloq teshikchalariga xona ichini bir tekis yoritib turuvchi [[doira (shakl)|doyra]] shaklidagi qabariq [[shisha]]lar joilashtirilgan. Katta xonaning chap tomonidagi ravoq orqali kichik xona (4,30 x 4,50 m)ga oʻtiladi. Uning [[devor]]lari sirkor [[gʻisht|gisht]] va koshin bilan bezatilgan. Katta xona sahnidagi shoh<nowiki />[[supa]]ning (bap. 4—5 sm) butun sathiga zan-gori va oq koshindan (sakkiz va [[uchburchak|uch-burchak]] shaklda) [[girih]] [[naqsh]]lar ishlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==