Kripton: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k removed Category:Kimyo using HotCat
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Kimyoviy jadval unsuri|view=center|white=|number=36|fontsize=100% }}
'''Kripton''' (lot. Krypton), KgKr - [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning VIII guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 36, atom massasi 83,80. Havodan ajratib olingan Kripton 6 ta izotopdan tuzilgan; 78Kg (0,354% hajmiga nisbatan), 80Kg (2,27%), 82Kg (11,56%), 83Kg (11,55%), 84Kg (56,90%) va 86Kg (17,37%). Uran minerallaridan ajratib olingan Kriptonning izotop tarkibi bundan birmuncha farq qiladi, chunki 235U va 238U parchalanganda radioaktiv izotoplar, mas, 85Kg (T, =10,6 y, r-nurlanuvchi) ham hosil boʻladi. Oksidlanish darajasi +2, at. radiusi 0,198&nbsp;nm, kovalent radiusi 0,109&nbsp;nm. Kripton — bir atomli hidsiz va rangeiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 119,80 K; qattiq Kripton ning zichligi 3000&nbsp;kg/sm³ (OK), suyuq Kripton niki 2412&nbsp;kg/m³ (120 K), gaz holatdagi Kriptonniki 3745&nbsp;kg/m³ (273 K, 0,1 MPa) Diamagnetik. Suv va organik moddalar bilan koʻshimchali birikmalar (klatratlar) hosil qiladi. Ultrabinafsha lazerdarda qoʻllaniladigan eksimer birikmalar, mas, KrF, KrCl, KrBr, KrO lar maʼlum.
 
Atmosferada hajmi jihatidan 1,1410~~4% Kripton boʻlib, uning atmosferadagi zahirasi 5,3-1012 ga teng . Tarkibida uran boʻlgan mineral gazlarda 2,5— 3,0% Kripton bor. Yadro reaktorlarining nurlangan yoqilgʻilarida 0,04% gacha Kripton boʻladi. Koinotda 6-107 atom Ne ga 1 atom Kripton toʻgʻri keladi. Kripton ning kimyoviy birikmalaridan faqat kripton diftorid KrF2 va uning hosilalari, mas, KrFT, SbF~, Kr,F,AuF", KrH+, Ta2 F~ olingan. Kripton havoni parchalashda oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi. Choʻgʻlanma lampalar, gazorazryad va rentgen trubkalarni toʻldirishda qoʻllanadi. Kripton ning radioaktiv izotopi 85Kg tibbiyotda r-nurlanuvchi sifatida hamda vakuum uskunalaridagi yoriqlarni aniqlashda, korroziya hodisalarini tekshirishda, detallarning yedirilishini nazorat qilishda qoʻllanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>