Mehtar Qosim koʻprigi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
+
Qator 1:
'''Mehtar qosimQosim koʻprigi''' - [[XVI asr|16-asr]]ning 2-yarmiga oid [[gidrotexnika inshootlari|gidrotexnika inshooti]] — [[gʻisht]] [[koʻprik]]; [[XIX asr|19-asr]] oxiri — [[XX asr|20-asr]] boshlarida vayron boʻlgan. [[Qoldiq]]lari [[Buxoro]]dan 22 km shim.sharqda, Buxoro—[[Gʻijduvon]]—[[Samarqand]] yoʻli orqasida (Qavola va Chorbogʻ [[qishloq|qishlok]]dari oraligʻida Qorakoʻldaryoning eski [[oʻzan]]i tubida) saqlanib qolgan. Bunday qad. suv inshootlari manbalarda "Qantara", "Sari pul", "Puli sangin", "Tosh koʻprik", "Gʻisht koʻprik", "Taxta pul", "Pul sirot" [[nom]]lari ostida tilga olinadi. Bu tarixiy inshoot Buxoro [[aholi]]si oʻrtasida Sari puli Mehtar Qosim nomi bilan mashhur boʻlgan. Nomlanishicha, [[daryo|dare]] ustida [[bino]] qilingan bu koʻprik [[Buxoro amirligi]] zakotchisi Mehtar Qosim mablagʻiga [[qurilish|qurilgan]]. [[XVIII asr|18-asr]] [[muallif]]i Mirza Badiʼ [[devon]]ning yozishicha, bu inshoot 11 [[ravoq]]li boʻlgan. 1962-yil akad. [[Yahyo Gʻulomov|Ya. Gʻulomov]] boshliq [[Mohondaryo]] arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan uning 2 ravogʻi [[poydevor]]larining qoldiqlari Qorakoʻl daryo oʻzani tubidan topib tekshirilgan. Ravoq poydevorlari oraligʻi 6 m, ravoq poydevori har birining eni 3 m, [[uzunlik|uz.]] esa 8 m ga teng boʻlib, suvga [[chidamlilik|chidamli]] qurilish qorishmasi — qir bilan [[toʻrtburchak]] shaklida pishiq gʻishtlardan ishlangan. Qurilish qorishmasi [[ohak]], [[pista koʻmir]] va [[ganch]] aralashmasidan tayyorlangan. 26—26*27—27— 5 [[santimetr|sm]] [[hajm]]dagi pishiq gʻishtlarning mu-stahkamligi oʻrtacha 150 kg/sm² ni tashkil etadi. Saqdanib qolgan qismlarining [[oʻlcham]]lariga qarab hisoblaganda, koʻprikning uz. 120 m, eni 6 m boʻlgan. Bu inshootdan oʻz davrida aholi va transportlar qatnovi bilan bir qatorda [[Zarafshon (daryo)|Zarafshon]] [[daryo]]si oqimini oʻlchash va uni [[dehqonchilik]] tumanlariaro taqsimlashda ham foydalanilgan. Mirza Badiʼ devonning "Majmaʼ ul-arqom" asarida koʻrsatilishicha, Zarafshon oqimining 11 ravoqqa teng suvi sugʻorish mavsumida Buxoro [[mirob]]lari tomonidan M.Mehtar qosim koʻprigidan oʻtkazilib, [[Romitan tumani|Romitan]], [[Jondor tumani|Jondor]] va [[Qorakoʻl tumani|Qorakoʻl tumanlari]]ga taqsimlanib berilgan.
 
== Adabiyot ==