Yurak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7:
 
YU.ning qiyosiy morfologiyasi. Yu. qon tomirlari sistemasi toʻla rivojlangan hayvonlarda boʻladi. Tuban darajali hayvonlardan yomgʻir chuvalchangida Yu. vazifasini halqasimon tomirlar, daryo qisqichbaqasida yurak va yurak atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi. Koʻpchilik mollyuskalar yuragi yaxshi rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan iborat, u faol qisqarish xususiyatiga ega. Ularda Yu. tomon yoʻnalgan venoz qon yurak sinuslariga, soʻngra uning jabrasiga yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib yurak oddi sinusiga tushadi va yurakka oʻtadi. Yu. qorinchasi qisqarishi natijasida qon hayvon tanasi boʻylab tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda Yu. vazifasini qorin aortasi bajaradi.
[[Fayl:Four chamber cardiovascular magnetic resonance imaging.gif|left|thumb]]
 
Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yu. 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yu. oldingi pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yu. yuqoridan va orqadan qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. Yu.ning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda Yu. yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib turadi.