Sugʻorish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matn Chala toldirdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:PivotWithDrops.JPG|thumb]]
'''Sugʻorish''', irrigatsiya — tuproqni manbalardan olingan suv bilan sunʼiy namlash, melioratsiyannng bir turi. Sug'orish tuproqning oʻsimlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa oʻsimliklarning tuproqdan oziq moddalar — mineral va organik oʻgʻitlarni oʻzlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan yuqori hosil olishni taʼminlaydi.Sug'orish yer hosildorligini sugʻorilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8—10 marta oshiradi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xoʻjaligi qurilishiga va yerlarni meliorativ oʻzlashtirishga sarflangan kapital mablagʻlarning tez (3—5 yil ichida) qoplanishini taʼminlaydi.
 
Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Rossiya, Yaponiya, Misr (ekin ekiladigan hamma maydoni sugʻoriladi)da, AQSH, Meksika, Italiya, Bolgariya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda sugʻoriladigan yerlar 20-asrda ayniqsa tez kengayib bordi, yirik sugʻorish sistemalari barpo etildi. 20-asrning 50y.larida dunyoda sugʻoriladigan jami yer maydoni 121 mln.ga, 80y.larda 230 mln.ga dan koʻproqni, 20-asr oxirida 271,4 mln.ga ni tashkil etdi. Osiyoda 191,2, Shim. Amerikada 30,4, Yevropada 24,6, Afrikada 12,5, Avstraliyada 2,4 mln. ga ekin maydonlari sugoriladi (1999).
[[Fayl:Irrigation drip leaks.jpg|thumb]]
 
S. qadimiy davrlardan boshlab sugʻormasdan hosil olib boʻlmaydigan issiq mintaqalarda, keyinchalik esa yogʻin notekis yogʻadigan, natijada qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan barqaror hosil olinmaydigan zonalarda rivojlandi. Misr, Mesopotamiya, Oʻrta Osiyo, Meksika, Eronning quruq iqlimida odamlar toshqin suvlar bosadigan maydonlarda oziqovqatga yarokli oʻsimliklarni oʻstirishga oʻrgandi. Keyinchalik bunday yerlar marzalar bilan oʻralib, ularda suvni uzoq vaqt saqlab qolish va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan muntazam hosil olish imkoni yaratildi. Surxondaryo vohasi, Fargʻona vodiysining sharqiy qismi, Amudaryo deltasi, Zarafshon daryosi havzasida oʻtkazilgan arxeologik qazishlar muntazam S. Oʻrta Osiyoda mil. av. 2ming yillikda boshlanganligidan dalolat beradi. Amudaryoning quyi oqimida mil. av. 8—7-asrdan mil. 3asrgacha S. juda taraqqiy etgan. S.ning rivojlanishi va sugʻoriladigan maydonlarning kengayishi bilan suvni uzoq masofalarga olib borish ehtiyoji paydo boʻldi. Bosh inshooti sodda boʻlgan dastlabki kanallarning barpo qilinishi mil.dan av. 1ming yillik oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Oʻrta asrlarda sugʻorma dehqonchiliqda buyuk kashfiyot — birinchi suv koʻtargich — chigʻir yaratildi. Natijada ariklar yoki tabiiy suv manbalaridan balandda joylashgan kichikroq yer uchastkalarini sugʻorish mumkin boʻldi.