Shimoliy Muz okeani: Versiyalar orasidagi farq

tahrir izohi yoʻq
k (Bot v1: Tuzatmalar)
Tahrir izohi yoʻq
{{Dengiz
| Ocean_name = Shimoliy Muz okeani<!-- shundayligicha qoldirsa boʻladi, bunda sahifa nomi qabul qilinadi-->
| image_Ocean = <!--suv havzasi tasviri-->Arctic_Ocean_SVG.svg
| caption_Ocean = <!--tasvirga izoh-->
| image_bathymetry = <!--batimetriya tasviri-->
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shimoliy muz okeani''' (avvalgi nomlari: Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi) — [[Dunyo okeani|Dunyo okeanining]] bir qismi, [[Yevropa]], [[Osiyo]] va [[Shimoliy Amerika|Shim. Amerikaning]] shim. qirgʻoqlari oraligʻida. Sh.Shimoliy Muz okeani boʻgʻozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. Maydoni boʻyicha okeanlar orasida eng kichigi, 14,75 mln. km², suvining hajmi 18 mln. km oʻrtacha chuq. 1220 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizining shim.sharqiy qismida). Qirgʻoqlari Yevrosiyoning gʻarbida nisbatan baland, fordli, sharqida delta va laguna tipli, Kanada Arktika arxipelagida ancha past, tekis. Norvegiya, Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka dengizlari — Yevrosiyo; Grenlandiya, Bofort, Baffin, Linkoln dengizlari va Gudzon qoʻltigʻi Shim. Amerika materigi qirgʻoqlariga tutash. Sh.Shimoliy Muz okeani orollari soni boʻyicha Tinch okeandan keyin 2-oʻrinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglar: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, FransIosif Yeri, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novosibirsk, Vrangel.
 
Relyefi va geologik tuzilishi. Sh.Shimoliy Muz okeani tubi geologik tuzilishiga koʻra 3 qismga: okeanning eng chuqur qismini oʻz ichiga olgan Arktika havzasi, Shim. Yevropa havzasi (Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar) va okean hududining 1/3 qismini egallagan materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Bofort, Baffin) boʻlinadi. Sh.Shimoliy Muz okeani boshqa okeanlarga nisbatan sayoz. Materik sayozligi juda keng , okean tubi maydonining 50,3% ni egallaydi. Yevrosiyo shelf zonasi tubi relyefida suv osti koʻtarilmalari, botiqlari va novlari boʻlgan tekisliklar mavjud. Alyaska qirgʻoqlari boʻylab abrazivdenudatsion shelf choʻzilgan. Sh.Shimoliy Muz okeanining materik yon bagʻirlari nisbatan keng , zinapoyasimon, suv osti kanʼonlari bilan parchalangan. Baʼzi joylarda kengligi 150–300&nbsp;km ga yetadi. Eng tor va tik Kanada materik sayozligi grabenlarning murakkab tizimi bilan parchalab yuborilgan. Okeanning markaziy qismida Gakkel, Lomonosov va Mendeleyev suv osti tizmalari bilan ajralgan bir nechta chuqur soyliklar: Nansen, Amundsen, Makarov, Kanada, Gʻavvoslar va boshqalar mavjud.
 
{{OʻzME}}
{{Okeanlar}}
8 738

ta tahrir