Tirnoq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Tuzatmalar
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Tirnoq''', changal — barmoqlarni himoya qiluvchi shoxeimonshoxsimon tuzilma. Odam, maymun va chala maymunlar barmoqlari uchida hosil boʻladi. T. barmoq bolishi ustidan chiqqan erkin qism, tana va iddizdan iborat. T. oʻrnining ildiz va chuqurcha bilan qoplangan qismi matritsa deyiladi, shu matritsa hujayralarining koʻpayishi tufayli T. uchiga qarab astasekin oʻsib boradi. T. bir kechakunduzda oʻrta hisobda 0,1—0,2 mm usadi; taxminan 100 kunda toʻliq yangilanadi. T. oʻsishi kishining yoshi, jinsi, organizmning umumiy holati va boshqa omillarga bogʻliq, mas., bolalar tirnogʻi kattalarnikiga nisbatan tezrok, yoki qishda yozdagidan sekinroq oʻsadi. Tirnoq 10–15 mm, eni 10–17 mm, qalinligi 0,30—0,37 mm, ayollarda kichikroq va yupqaroq boʻladi. Sogʻlom kishining tirnogʻi bir oz boʻrtib chiqqan, silliq, tiniq va rangeizdir.
 
Suvda va quruqlikda yashovchilar tirnogʻi epidermis shoxeimon qavatining qalinlashuvidan hosil boʻladi. Chin T. koʻpchilik sudralib yuruvchilarga, barcha qushlarga va talaygina sut emizuvchilarga xos. T. harakatlanishda yordam beradi, shuningdek, himoya va hujum organidir. Ayrim sut emizuvchilar (mas., otlar)da koʻrinishi oʻzgargan T. — tuyoq bor.