Koreys tili: Versiyalar orasidagi farq

tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
|til_kodlari = Til kodlari
|xarita=Map of Korean language.png}}
'''Koreys tili''' — koreyslarning tili. [[Oltoy tillari|Oltoy tillariga]], baʼzan toʻngusmanjur tillariga kiradi, deb taxmin qilinadi. KXDRning hamda Koreya Respublikasining rasmiy tili. Bu tilda 60 mln. kishi soʻzlashadi (1992). Uning genetik jihatdan boshqa tillar bilan bogʻliqligi aniqlanmagan. Koreys tilining shim.-sharqiy, shim.-gʻarbiy, markaziy, jan.-sharqiy, shim. va jan. shevalari bor. Koreys tilida 40 fonema (19 undosh, 21 unli) mavjud. Morfologik jihatdan [[Agglyutinativ tillar|agglyutinatsiya]] rivojlangan. Feʼl zamonlari hozirgi, 2 oʻtgan va 2 kelasi zamon shakllaridan iborat. Son kategoriyasida birlik va koʻplik shakllari farqlanmaydi. Nisbat kategoriyasi hamma feʼllarga xos emas. Leksikasida xitoy tilidan, sanskrit, moʻgʻul va baʼzan Yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor. Koreys tili 1993-yilgacha "standart til", 1966-yilda "madaniy til" (munxvao) deb atalgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qoʻllanib kelinadi. KXDRda koreys yozuvi, Koreya Respublikasida xitoykoreys aralash yozuvi qoʻllanadi.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20K%20harfi.pdf K-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
5 249

ta tahrir