Oʻzbekiston milliy universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎Tashkil qilinishi: Bot v2: Tuzatishlar, typos fixed: o'l → oʻl (22)
Qator 28:
 
Oliy ta'lim rashkchilari jamiyatining a'zolari matematik VI Romanovskiy, shifokorlar AP Shilov va Mi Slonim, agronom Rr Shreder, me'mor GM Swarichevskiy va boshqalar kabi taniqli olimlar edi. M. I. Sosnovskiy rais etib saylandi.
 
=== Keyingi yillar ===
Turkiston untida tibbiyot, fizika-matematika, ijtimoiy-iqtisodiy (ijtimoiy fanlar), tarixfilol., texnika, qishloq xoʻjaligi, harbiy ftlar boʻlib, ularda 2969 talaba oʻqigan. Ishchi va dehqonlarni, ayniqsa, mahalliy millat vakillarini untga kirishga tayyorlash maqsadida uning huzuridagi ishchilar fakulteti muhim rol oʻynadi. universitet yildanyilga kengayib bordi. 1924-yil ijtimoiy fanlar fakulteti asosida mahalliy xoʻjalik va huquq fakulteti tuzildi. Baʼzi ftlar birlashtirildi, ayrim ftlarda bir qancha boʻlim va kafedralar ochildi. universitet mamlakatda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston uchun kadrlar tayyorlashning asosiy markaziga aylandi. Oʻzbek ziyolilarining tarkib topishida muhim rol oʻynadi. 20-yillarning 2-yarmidan untda ilmiy tekshirish ishlariga alohida ahamiyat berildi. 1929-yil aspirantura ochildi. universitet olimlari tomonidan xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kashfiyotlar qilindi. Xususan, 1928-yil universitet olimi P.B. Grabovskiy. I.F. Belyanskiy bilan birgalikda elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan boshqa joyga uzatadigan va qabul qiladigan „radiotelefot“ apparatini yaratdilar. 1928-yildan universitet ftlari asosida mustaqil tarmoq institutlar, jumladan, Oʻrta Osiyo paxtachilik instituti, Oʻrta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya politexnika instituti (hozirgi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti), Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti, Tojikiston qishloq xoʻjaligi instituti, Tojikiston agronomiyaped. instituti, Turkmaniston zooveterinariya instituti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti, Oʻrta Osiyo geol.qidiruv instituti, Oʻrta Osiyo industrial instituti (hozirgi Toshkent texnika universiteti), Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, Oʻrta Osiyo moliyaiqtisod instituti (hozirgi Toshkent iqtisodiyot universiteti) va boshqalar institut hamda ilmiy tekshirish muassasalari tarkib topdi. 1931-yil untda biol., texnika, fizikamat., ishchi ftlari ishladi. 1935-yil tarix, tuproqshunoslikgeol.geogr. ftlari tashkil topdi. 1938-yil sirtqi boʻlim ochildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan oldingi davrda universitet oʻqituvchilar tarkibi uni tugatgan milliy kadrlar (T.N.QoriNiyoziy, T.Z.Zohidov, T.A.Sorimsoqov, O.S.Sodiqov va boshqalar) hisobiga kengaydi. 1941-yil noyabrda Oʻzbekiston Davlat Universiteti (hozirgi Samarqand universiteti) SAGUga qoʻshildi (1945-yil yana ajralib chiqdi). Filol. (1942), sharq (1944), geogr. (1945), geol.tuproqshunoslik (1945) ftlari tashkil etildi. 1943-yil aprelda aspirantura kengaytirilib, doktorantura ochildi. universitet olimlari 1943-yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasshtnt tashkil topishi va rivojlanishida asosiy rol oʻynadilar. Keyingi yillarda universitet faoliyati yanada kengaydi, oʻquv jarayonlari takomillashdi, ilmiy tadqiqotlarlar yuksaldi. 1991-yil sharq va yuridik ftlari negizida Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent yuridik instituti tashkil topdi. Universitetda 14 ft (fizika, mexanikamat., kimyo, biol.tuproqshunoslik, geogr., geol., oʻzbek filol.si, xorijiy filol., jurnalistika, tarix, falsafa, ijtimoiy-siyosiy fanlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik), ft maqomidagi tillar markazi, tayyorlov boʻlimi, 102 kafedra, Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti, Oliy pedagogika instituti, Amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish ilmiy tekshirish boʻlimi, botanika bogʻi, 16 ilmiy laboratoriya, milliy qadriyatlar markazi faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, oʻquv, oʻquvuslubiy, aspirantura, marketing, ichki nazorat va monitoring, rejamoliya, hisob, kadrlar boʻlimlari, magistratura markazi, bosh muhandis xizmati va boshqalar mavjud. Universitetda 3 mln. dan ortiq asarga ega 14 ta kutubxona (ulardan 13 tasi ftlar qoshida) faoliyat koʻrsatadi. Kutubxonada toshbosma va nodir qoʻlyozmalar fondi bor.