Gazlar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
😉😉😉😉😉😉😉😉 Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
G.ning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, chunki kislorod-azot G. aralashmasi yoqilgʻilarni (ichki energiyasi moʻl moddalar majmuasi) turli sohalarda yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta oʻrmon hududlarining oʻt olishi va boshqalar) maʼlum darajada planetamizning hozirgi energetik holatini ham boshqarib turadi. G.ning noyob oksidlanish va oksidlash, yoqish va yondirish, portlash va portlatish xossalaridan hayotimizda, xalq xoʻjaligida, texnikada va ulkan hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda foydalaniladi. G. chiroklari, lampalari, alangalatkichlari, oʻchoqlari, kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari, isitkichlari, dvigatellari, kondensatorlar, sovitgichlar, ochgichlar, turbinali elektr stansiyalar, turbinali avtomobillar, lokomativ turbovozlari, lazerlari va boshqa taraqqiyotning asosiy mohiyatini belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan aynan G.dan tashqari neftni qayta ishlash, yoʻlakay, tabiiy yonuvchan (metan, etan, propan, butan) G.dan amalda keng foydalaniladi Neftni qayta ishlash G.i neftning termokrekingi yoki haydash mahsulotlarining katalitik krekingi, pirolizi hamda katalitik gidrogenlashdan hosil boʻladi. Neftning tezlik krekingidan hosil boʻladigan G. tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur kimyoviy qayta ishlanganda esa jarayonlar olib borish usullari va sharoitlariga bogʻliq boʻladi Neftni chuqur kimyoviy qayta ishlash jarayonida G. tarkibida toʻyinmagan G. ham hosil boʻladi. Bu G. sanoatda organik va neft-kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot yoki monomerlar sifatida koʻp qoʻllaniladi. Respublikamizda Koʻkdumaloq "neft-gazokondensat-gaz" konida yoʻlakay G.dan foydalanish tajribadan oʻtmoqda. Bu G. tarkibida metan — 89%, etan — 0,3%, propan — 0,2%, butanlar — 0,6%, G. kondensati — 6—7% va boshqa G. (N2, CO2, H2S) - 1,2% boʻladi. G. sanoatda keng ishlatiladi (qarang [[Gaz sanoati]]).
|