Kekirdak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 46.251.199.152 tahrirlari Umarxon III versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Amherst99 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Kekirdak''', traxeya ({{lang|la|Tracheatrachea}}) — [[odam]] va [[umurtqalilar|umurtqali hayvonlar]] nafas yoʻllarining hiqildoqaan keyingi qismi. Odamda uning uz. 9—12 sm, diametri 1,5—2 sm. K.ning shilliq qavatida bezchalar koʻp. Boʻyin sohasida K. koʻkrak boʻshligʻiga oʻtadi va IV—V koʻkrak umurtqalari roʻparasida oʻng hamda chap [[bronx]]larga boʻlinadi. Boʻlingan joy K. ayrisi deb ataladi. K.ning yuqori qismi bir oz harakatchan, pastki ayri qismi deyarli harakatlanmaydi. K. 16—20 ta togʻay yarim halqa shaklida tuzilgan. Orqa tomonda bu halqalarning ochiq (tutashmagan) joyida K. devori parda bilan qoplangan boʻlib, unda koʻndalang yoʻnalgan silliq muskul tolalari bor. K. togʻaylari bir-biri bilan fibroz boylam yordamida tutashgan. K. ichki tomondan shilliq parda bilan, parda esa tukli epiteliy bilan qoplangan. Shu parda tagida shilimshiq ishlab chiqaradigan bezlar koʻp. Epiteliy va shilimshiq nafas olishda K.dan oʻtadigan havoni ilitib, namlab turadi va havo tarkibidagi chang zarralarini ushlab qoladi. Hiqildoq va K. kasalligi sababli oʻpkaga havo oʻtmay kolganda K.ni ochib naycha qoʻyiladi (traxeotomiya). K.ning yalligʻlanishi traxeit deb ataladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==