Mazhab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xaxoni tugirladim masalan m ni mazhab deb tuliq yozdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 21:
=== Hanafiya ===
Hanafiya ([[Imomi Aʼzam]] maktabi.) Bu maktabga Abu Hanifa an-Nu’mon (696-767) taxallusi Imomi Aʼzam asos solgan. U eng yirik [[huquqshunos]]lardan biri boʻlib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kelishtirib qoʻllanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa [[fiqh]]ning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi boʻlgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yoʻnalishiga mansub boʻlgan musulmonlarning uchdan bir qismini oʻz ichiga oladi.
[[Fayl:Madhhab Map3.png|thumb|leftright|300px|Mazhablar:<br />'''Sunniylik''': Hanafiya, Molikya, Shofiya, Xanbaliya<br />'''Shialik''': Jaʼfariya, Zaydiya, Ismoiliya, Xorijiya<br />'''Ibodiylik''']]
 
=== Molikya ===
Molikiya mazhabining asoschisi Malik ibn Onas Abu Abdulloh (721-795). Islom diniy huquq sistemasini ishlab chiqishda konservativ mavqeda turgan. Paygʻambar [[Muhammad s.a.v.]] davridagi anʼanalarni yoqlab chiqqan, yaʼni "ashob al-hadis " (hadis tarafdorlari) oqimining namoyandasi boʻlgan. Bu mazhab tarafdorlari [[huquq]] masalalarida ratsionalistik metodga, Yaʼni [[Qur’on]] va [[hadis]]larni aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. Dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi davrda [[Molikiya mazhabi]] [[Tunis]], [[Jazoir]], [[Marokash]], [[Liviya]] va ayrim boshqa mamlakatlarda musulmonlar oʻrtasida taʼsirga ega.