Mazhab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 67:
Shialik (arab.-guruh, tarafdorlar) -islomdagi asosiy yoʻnalishlardan biri. Oʻzining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Hozirda jahondagi [[musulmon]]larning qariyib 10 foyizi Shialikka mansub hisoblanadi. Shialik VII- asr oʻrtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. VII- asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yoʻnalishga aylangan.
 
Shialar tarafdorlari sunniylar kabi [[Qur’on]]ni ilohiy deb eʼtirof etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari qoldirilgan deb hisoblaydilar. Shia ilohiyotchilari [[QuroʻnQurʼon]]ning mazmunini majoziy talqin qilish yoʻli bilan oʻz taʼlimotlarini asoslaydilar. Sunnada esa ular faqat Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bogʻliq boʻlgan hadislarni tan olganlar va shunday hadislardan iborat mustaqil toʻplamlar tuzganlar. Bu toʻplamlar ahbor deb atalgan. Sunniylikda eʼtirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, shialarda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi.
 
Bulardan 4 aqida: