Mazhab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 63:
 
=== Xanbaliya ===
{{main|Hanbaliylik}}
Xanbaliya-sunniylikdagi diniy-huquq mazhablardan biri. Uning asoschisi va imomi ibn Xanbal (780-855) mustahkam eʼtiqodli sunniylik nuqtai nazaridan halifa Maʼmun davrida davlat dini boʻlishi mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Xanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari faqatgina [[Qur’on]] va Sunnagagina tayanib, shar’iy hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmoʻning qoʻllanishida ham ular tanho [[Muhammad]]ning safdoshlari boʻlmish sahobalarning hamjihatligidan kelib chiqqan hukmlarnigina inobatga olar edilar. Ularning rasmiyatchiligi oʻta ketgan mutaassibligi, jonli tarixiy haqiqatdan uzoq turgan qarashlari, ijtimoiy hayot va turmush tarzidagi har qanday yangiliklarga zid ekanligi sababli — mazhab XII- asrgacha keng tarqalmagan.
Undan keyingi asrlarda xanbaliya tarafdorlari yana kamayib ketgan. XVIII asrda paydo boʻlgan vahobiylar xanbaliya tarafdori boʻlib chiqqan. Vahobiylar Saudiya Arabistonda hokimiyatni qoʻlga olgach, Xanbaliya qonunlarini amalga kiritganlar. U erda xanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda.