Buddizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Batafsil yoritildi
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Xato tuzatildi
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
 
'''Buddizm''' (Budda nomidan olingan), Buddaviy dini — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (Xristian dini va Islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
 
Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
 
Boshqa dinlardan farqli ravishda B.da hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto Xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. B. taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa — Budda(Muqaddaslangan zot), Dharma(ta'limot) va Sangxa(rohiblar jamoasi)ga eʼtiqod qilish yotadi.
Qator 19 ⟶ 17:
4 - azob uqubat tugashiga olib keluvchi 8 bosqichli yo'l mavjud
 
"toʻrt oliy haqiqat"dan iborat: 1) azob-uqubat mavjud; 2) azob-uqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azob-uqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azob-uqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan asrlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolgʻon soʻzlamaslik; 3) oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. KisqasiQisqasi, B. — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.
 
B. tarixi 2500-yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida B. kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. 9 a. muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan B. Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo B. Shri Lanka, Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida B. txeravadasi (qad. anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarkaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar B. bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik B. jamoalari tashkil topdi. B.ning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.