Imom al-Buxoriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Malikxan (mun.) tomonidan qilingan 2488366-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 21:
Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, [[Arab xalifaligi|xalifalikning]] turli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan [[Makka|Makkaga]] kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan olimlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-yil [[Madina (shahar)|Madinaga]] boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning [[Sahobalar|sahobalari]], sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(s.a.v)ning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi.
 
Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy [[Hijoz]], Makka, Madina, [[Toif]], [[Jidda|Jiddaga]] qilgan safarlari 6 yil davom etgan. Soʻng [[Basra]], [[Kufa]] va [[Bagʻdod|Bagʻdodga]] safar qiladi. [[Shom]] va [[Misr|Misrga]] oʻtadi. Bundan tashqari [[Xuroson (tarixiy viloyat)|Xuroson]], [[Marv]], [[Balx]], [[Hirot]], [[Nishopur|Nishopu]]<nowiki/>r, [[Ray]], Jibol kabi shaharlarda boʻlib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar toʻpladi.
 
Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur boʻlgani [[Sahihi Buxoriy|“Al-jome’ as-Sahih”dir]]. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan boʻlgan ilmlarga oid bir qator oʻta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak boʻlgan bir nechta asarlar tasnif qildi: «Al-jome’ as-sahih», «<nowiki/>[[Al-Adab al-Mufrad|Al-adab al-mufrad]]<nowiki/>», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-sagʻir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al-kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba», «Kunyalar» va boshqalar. Ular orasidagi «Al-jome’ as-sahih» asari islom olamida [[Qurʼon|Qur’ondan]] keyingi eng muhim manba sifatida e’zozlanuvchi manba hisoblanadi.
 
Imom Buxoriyning hadislar toʻplash borasidagi qoʻygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan koʻra aniqroq boʻlgani sababli «Al-jome’ as-sahih» asari «Eng [[Sahih|ishonchli hadislar]] toʻplagan» nomiga sazovor boʻlgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini oʻzaro uchrashganlari ehtimoli mavjud boʻlsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari oʻzaro uchrashganini alohida koʻrgan guvohning e’tirofini ham shart qilib qoʻygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Asqaloniyning hisobiga koʻra «Al-jome’ as-sahih»dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qoʻshilsa, kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi.
 
Aynan Imom Buxoriy tufayli [[Movarounnahr]] hududida IX-XII asrlarda koʻplab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning oʻnlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan koʻplab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targʻib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu koʻchishlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar [[Hindiston]] va [[Qohira|Qohirada]] chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob alfavoid“al-favoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“), „AlJomi’„Al-Jome’ alkabiyr“al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“), „AlMusnad„Al-Musnad alkabiyr“al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „Attafsir„At-tafsir alkabiyr“al-kabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob alxiba“al-xiba“ („Xayrehson„Xayr-ehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor.
 
Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha [[madrasa]] va dorilfununlarida paygʻambar (as) sunnatlari boʻyicha asosiy darslik, qoʻllanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning oʻlmas merosi el-yurti bagʻriga qaytdi. Oʻzbekiston Respublikasi [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi|Vazirlar Mahkamasining]] „Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley toʻy-tantanalari boʻlib oʻtdi.