Atom yadrosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Yadro (maʼnolari)}}
[[Fayl:Helium atom QM rev1.svg|thumb|[[Geliy]] аtom yadrosi]]
'''Atom yadrosi''' – nuklonlardan – [[Proton|protonlar]] (r) va [[Neytron|neytronlar]] (i)dan tash-kil topgan atom oʻzagi. Atom yadrosining xususi-yatlarini oʻrganishda yadro kuchlari katta ahamiyatga ega boʻladi. Atom yadrosida gravita-sion va elektromagnit kuchlar ta’siri kam boʻlsa ham Atom yadrosi xossalariga ta’siri boʻladi. Yadro kuchlarining ta’sir radiusi juda kichik, 10~13 sm. Yadro kuchlari yadroning spiniga va izotop spiniga bogʻliq. Atom yadrosining butun xususi-yatlarini oʻz ichiga oladigan yagona nazariya yaratilgan emas, chunki yadro strukturasi va kuchlari toʻliqoʻrganilmagan. Undan tashqari yadrodagi nuklonlar harakatini aniqlovchi tenglamalarni matematika nuqtai nazaridan yechish mumkin emas.
 
Atom yadrosining xossalarini oʻrganishda turli modellar tatbiq qilinadi. Har qaysi model Atom yadrosining ma’lum xossalarini aks ettirgan holda ba’zi xossalarini tushuntirishda qarama-qarshiliklarga olib keladi. Masalan Atom yadrosining yemirilish xususiyatini gidro-dinamik model bilan yaxshi tushuntiril-sa, magik yadrolar holatlarining xususiyatlarini tushuntirish mumkin emas, aksincha, krbiklar modeli bilan magik yadrolar holatlarini yaxshi tushuntirilsa, yemirilish hodisasini tushuntirish mumkin emas va hokazo (qarang [[Yadro modellari]]). Atom yadrosi tuzilishi va xossalarini tajriba yerdamida oʻrganish uchun xilma-xil yadro hodisalari: zarralarning Atom yadrosidan ela-stik va elastikmas sochilishlari, yadro reaksiyalari, tabiiy va sun’iy radio-aktiv nurlanish, yadro yemirilishi va hokazolardan foydalaniladi.