Gravitatsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Rescuing 0 sources and tagging 1 as dead.) #IABot (v2.0.8.6
Qator 15:
Formuladagi kattaliklar oʻzgarmas qiymatga ega ekanliklarini eʼtiborga olsak, jism harakatiga qarshilik koʻrsatuvchi kuchlar mavjud boʻlmagan hollardagi Yer sirtiga yaqin balandliklarda har qanday jism bir xil tezlanish bilan tushadi, degan xulosaga kelinadi.
 
Osmon mexanikasi Newtonning gravitatsiya qonuniga asoslangan. Kosmosda tabiiy yoki sunʼiy jismlarning harakatlarini tekshirishda shu qonunga amal qilinadi. Koʻpgina hollarda Nyutonning gravitatsiya qonuni tufayli yangi sayyoralar, yoʻldoshlar aniqlandi, astronomiya qator yangi yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, bu qonun tushuntirib berolmagan [[Merkuriy]], [[Venera]], [[Mars]] sayyoralari perigeliylarining harakati kabi ayrim hodisalar ham maʼlum edi. Shu kabi uchraydigan chigalliklarni bartaraf qilish maqsadida olimlar Newton gravitatsiya qrnunining matematik ifodasiga turli qoʻshimchalar kiritishga urindilar. Ammo bunday urinishlar natija bermadi. Kuchli gravitatsion maydonlarga (har qanday fizik obyektlarning hosil qiladigan maydoni gravitatsion yoki tortishish maydoni deyiladi. Gravitatsion maydon Einsteinning umumiy nisbiylik nazariyasida toʻrt oʻlchovli tenzor potensiali orqali bayon qilinadi) va bu maydonlarda yorugʻlik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarga tatbiq qilishda Nyuton gravitatsiya qonunining butunlay ojizligi aniqlandi. Bunday hollarda Eynshteyn yaratgan gravitatsiya nazariyasidan foydalanish juda yaxshi natija beradi.<ref>„Tortishish“ ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/Oʻzbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20T%20harfi.pdf T-harfi]{{Deadlink|date=February 2022 |bot=InternetArchiveBot |fix-attempted=yes }} Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==