Pulmonologiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Qoʻlda qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
'''Pulmonologiya'''
1989-yil dan Sil i.t. instituti Ftiziatriya va pulmonologiya i.t. institutiga aylantirildi va u Oʻzbekistonda shu sohadagi yirik ilmiy markaz boʻlib qoldi. 1990-yilda Ftiziatriya va pulmonologiya i.t. instituta qoshida Respublika pulmonologiya markazi tashkil qilindi. Bu markaz P. sohasidagi i.t. va amaliy ishlarni koordinatsiya qilib boradi. Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib nospetsifik oʻpka kasalliklari (bronxial astma, surunkali bronxit)ning epidemiologiyasi, funksional diagnostikasi, farmakoterapiyasi, immunologik va klinik allergologiyasi, uning genetik mexanizmlari, bioritmologik tashki liy sistemasi va patogenetik terapiya hamda meqnat qobiliyatini tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. P.da turli tadqiqot usullari: rentgenologik (tomografiya, bronxografiya), en-doskopik (traxeobronxoskopiya), funksional diagnostika usullari va h.k. qoʻllanadi. Pulmonologiya Oʻzbekistondagi mavjud tibbiyot institutlari, vrachlar malakasini oshirish institutida P. kafedralari, shuningdek, klinik shifoxonalar tarkibida P. boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda P.ning rivojlanishida A.M. Ubaydullayev, D. X. Mahmudova, Sh. U. Ismoilov, M. A. Yakimova, B. S. Aripov va boshqa olimlarning xizmatlari katta.
|