Kishinyov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Kishinyov''' — [[Moldaviya|Moldaviya Respublikasi]] poytaxti. Bik daryosi (Dnestrning oʻng irmogʻi) sohilida. Kishinyov stansiyasi Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3,5°, iyulniki 21,5°. Aholisi 700 ming kishi (1990-yillar oxiri; shahar maʼmuriyatiga boʻysoʻngan aholi punktlari bilan birga). K.da 3 shahar tumani bor.
== Etimologiyasi ==
== Tarixi ==
Hozirgi Kishinyov oʻrnida katta qishloq boʻlganligi haqidagi dastlabki maʼlumot 1466-yilga mansub. 17-asrning 2-yarmida Kishinyov shaharga aylangan. 16-asr boshlaridan 1812-yil gacha Moldaviya knyazligi tarkibida Turkiyaga qaram boʻlgan. 1812-yilda Rossiya imperiyasi Bessarabiyani bosib olgan. 1818-yildan Kishinyov — Bessarabiya viloyati markazi. 1873-yildan yangidan tuzilgan Bessarabiya gubernyasi tarkibiga kirgan. Kishinyovda 1918-yil 1(14) yanvar da shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yili yanvarda shahar Ruminiya tasarrufiga oʻtdi. 1940-yil 2-avgustda Moldaviya Sovet Respublikasi tuzilgach, Kishinyov uning poytaxti, [[1991]] yilda shoʻrolar imperiyasi qulagach, mustaqil Moldaviya Respublikasi poytaxti boʻldi.
 
== Sanoat ==
Kishinyovda mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, savdo va oziq-ovqat sanoati jihozlari, sovitkichlar, elektr oʻlchash priborlari, televizorlar va boshqalar), oziqovqat (vino, meva-sabzavot konserva, tamaki), yengil (koʻn poyabzal, trikotaj va boshqalar) kimyo, yogʻochsozlik (shu jumladan, mebel) sanoati korxonalari bor.