Evolutsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8.6
Qator 5:
Biologiyada '''evolutsiya''' ({{lang-la|evolution}} — „avj olish“) atamasi ostida [[organizm]]lar guruhi ichidagi [[irsiyat|irsiy]] belgilardagi farqlar kelib chiqishi tushuniladi. Bu belgilar [[biologik koʻpayish|nasl qoldirish]] oqibatida ajdodlardan avlodlarga koʻchirulivchi [[gen]]lar ifodalanishidir. Shu genlardagi [[mutatsiya]]lar oʻzgargan yoki yangi belgilar keltirib chiqarib, organizmlar orasidagi farqlarni paydo qila oladi. Yangi belgilar, shuningdek, organizmlar guruhlari yoki turlar orasida ([[gorizontal gen koʻchishi]] oqibatida) ham kelib chiqishi mumkin. Biologiyada, evolutsiya ushbu belgilarning [[tabiiy tanlanish]] va/yoki [[genetik dreyf]] oqibatida tayinli bir guruh ichida keng tarqalishi yoki aksincha, yoʻqolib ketishida namoyon boʻladi, deb qabul qilingan.
 
Tabiiy tanlanish yashab qolish va nasl qoldirish uchun foydali belgilarning saqlanib qolishi va yoyilishi, zararli belgilarning esa kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Bu hodisa foydali belgilarga ega organizmlarning nasl qoldira olishi qobiliyati kuchayib, shu belgilarning keyingi avlodlarga qoldirilishi tufayli yuz beradi. Koʻp avlodlar davomida belgilarning kichik, tasodifiy va omadli oʻzgarishlari oqibatida [[moslashish (biologiya)|moslashuv]]lar roʻy berib, shu belgilarga ega organizmlar ''tabiiy tanlanadi''.<ref>[{{Citation |year= |title=Darwin's greatest discovery: design without designer |url=http://www.pnas.org/cgi/content/full/104/suppl_1/8567 Darwin's|access-date=2008-01-07 greatest|archivedate=2008-04-08 discovery|archiveurl=https://web.archive.org/web/20080408151633/http://www.pnas.org/cgi/content/full/104/suppl_1/8567 design without designer]}}</ref> Genetik dreyf esa irsiy belgilar chastotasida tasodifiy oʻzgarishlar hosil qiladi. Genetik dreyf oqibatida paydo boʻlgan oʻzgarishlar saqlanib qolishi berilgan individ yashab qolib, nasl qoldirish yoki qoldirmasligiga bogʻliq boʻladi.
 
[[Tur (biologiya)|Turlarning]] bir taʼrifi ularni oʻzaro qoʻshilib, nasldor avlod qoldira oladigan organizmlar guruhidir, deydi. Biroq, turlar [[reproduktiv izolatsiya|oʻzaro koʻpayishdan xoli]] guruhlarga ajralganida, mutatsiya, genetik dreyf va yangi belgilarning tabiiy tanlanishi avlodlar davomida farqlar yigʻilishiga va [[turlanish (biologiya)|yangi turlar]] paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Organizmlar orasidagi oʻxshashliklar ular shunday jarayon orqali [[umumiy ajdod]]dan (yoki umumiy genofonddan) kelib chiqqanligidan guvohlik beradi.