Ibn Battuta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
image and links
New youth
Teglar: Qaytarildi Emoji Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:Ibn Battuta Mall on 2 June 2007 Pict 3.jpg|thumb|Ibn Battuta mashxur sayohatchi🌍🌎🌏]]
'''Ibn Battuta''' yoki '''Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox alLavatiy attanjiy''' (1304.24.2, Tanja — 1369, Fos) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub. Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 75 ming mil (120 ming km) masofani bosib oʻtgan. Ibn Battuta 1325-yil yozida Marokashdan qajga boruvchilar karvoniga qoʻshilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, [[Mesopotamiya|Mesopotamiyaga]] borgan. 1332-yil uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. Soʻngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali [[Turkiya]] va [[Qrim|Qrimga]] bordi. [[Volga|Itil (Volga)]] daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon) ga oʻtib, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qabulida boʻlgan; keyin Xorazm poytaxti oʻrganchga kelgan. Undan [[Buxoro]], [[Qarshi|Nahshab]], [[Termiz]], [[Samarqand|Samarkand]], Balx va Kobul, Moʻlton orqali Hindistonga borgan va [[Dehli sultonligi|Dehli sultoni]] Muhammad Tugʻloq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan (Ibn Battuta Sherozda ikki mazhab — molikiylar va shofiʼiylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). Soʻngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 i. Marokashga qaytgan. 1349—52 yillar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 yillarda Sudanga sayohat qilgan.