Azot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 9:
 
== Ishlatilishi ==
Azot oʻsimliklar uchun asosiy „oziq“lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yogʻin-sochin bilan yoki oʻgʻit sifatida tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, baʼzi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi boʻshliqni toʻldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq azotdan past temperatura bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar ([[selitra]]lar)dan iborat. Oʻrta Osiyoning quruq choʻl iqlimida koʻp miqdorda selitra toʻplanadi. Azot oqsillar, nuklein kislotalarkislota,[[xlorofill]] va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi boʻlganligidan oʻsimliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Oʻsimliklar tuproqdagi azotli moddalarni oʻzlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birik-malariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot toʻplanadi. U tuproqda asosan toʻrt xil birikma holida: chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO<sub>3</sub>), oqsil organik azoti (toʻliq parchalanmagan oʻsimlik qoldiqlari) va ularning oʻzgarish mahsulotlari – [[aminokislota]]lar, [[peptid]]lar, [[amid]]lar va [[amin]]lar holida mavjud boʻladi.
 
Azotni tuproqdagi organik birikmalarini eruvchanligi boʻyicha uch guruhga: suvda eriydigan, suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda eritmaga oʻtuvchi va suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda erimaydigan guruhga boʻlish mumkin. Erimaydigan guruhga mansub boʻlgan azot kam harakatchan va oʻsimliklarga yaxshi singmaydi. Oʻrta Osiyoning ayrim tuproqlari tarkibidagi umumiy azotning taxminiy miqdori: och tusli boʻz tuproqlar (haydalma qatlam)da – 0,04–0,07 %, koʻpdan beri sugʻorilib kelinayotgan tipik boʻz tuproqlarda – 0,10–0,15 % va toʻqtusli oʻtloq tuproqlarda – 0,20–0,50 %. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida yuqori hosil olish uchun tuproqda azot zahirasi yetarli emas, shuning uchun bu yerlarda azotli oʻgʻitlar qoʻllaniladi. Oʻsimliklardagi azotning koʻp qismi oqsil moddalari holida boʻladi. Turli urugʻlar oqsili tarkibidagi azot miqdori 16,5–17,5 % ni tashkil qiladi. Gʻoʻza-beda almashlab ekishda beda ekilgan har gektar yerda biologik azotga boy 20 tonnagacha organik modda hosil boʻladi; undagi biologik azot miqdori 400– 600&nbsp;kg/g. Azotdan oʻgʻitlar ishlab chiqarishda, koʻpchilik sanoat sohalari, jumladan, metallurgiyadagi turli kimyoviy jarayonlarda inert muhit sifatida foydalaniladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>