Haykaltaroshlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 213.230.80.145 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Haykaltaroshlik''' - tasviriyasviriy sanat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). H.ning 2 asosiy koʻrinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir oz boʻrttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha boʻrttirib ishlanadigan gorelyefta boʻlinadi; shuningdek nursoya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana oʻyma koʻrinish mavjud.
 
H. bajaradigan vazifasi va mazmuniga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: monumental haykaltaroshlik, bezak haykaltaroshligi, dastgohH. (qarang [[Dastgoh sanʼ-ati]]), mayda haykaltaroshlik turlari oʻzaro yaqin aloqada rivojlanadi hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega. Meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq boʻlgan monumental H.ka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument, yodgorliklar, H. ansambllari kiradi, ular oʻzida katta mazmunni ifodalaydi hamda mustaqil ahamiyatga ega; biroq H.ning bu turi bevosita muhit, meʼmoriy insho-otlar hamda tabiat bilan uygʻun boʻlishi lozim, bu unga yanada ulugʻvorlik va taʼsirchanlik baxsh etadi. Monumental H.ka xos boʻlgan xislatlardan biri qahramonlarni koʻtarinki ruhda tasvirlash-dir. Monumental H. asarlari uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar koʻrsatilmasligi mumkin.