'''Asqad Muxtor''' (taxallusi; familiyasi Muxtorov, 1920.23.12, [[Fargʻona]]–1997.17.4, [[Toshkent]]) – [[Oʻzbekiston xalq yozuvchisi]] (1980). [[Oʻrta Osiyo]] universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1942). [[Andijon]] pedagogika institutida kafedra mudiri (1942– 45). „[[Yosh leninchi]]“, „[[Qizil Oʻzbekiston]]“ gazetalarida mas’ul kotib, boʻlim mudiri (1945–48). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957-69, 1985-88), uyushma boshqaruvi raisining oʻrinbosari (1965), „[[Sharq yulduzi]]“ (1960–65), „[[Guliston]]“ (1969–80) jurnallari, „[[Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati]]“ gazetasi bosh muharriri (1981-82). 1996-yilning 17-aprelida vafot etgan.