Tuxum: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Ostrich egg.jpg|thumb|[[Tuyaqushlar|Tuyaqush]] tuxumi]]
'''Tuxum''' — tarkibida barcha oziq moddalarga ega boʻlgan parranda mahsuloti. Isteʼmol uchun, asosan, tovuq, bedana, sesarka T.lari ishlatiladi. Sifati, vazni, muddati va saqlanish sharoitiga qarab parhez va oshxona (oddiy) T.lariga ajratiladi. Yangi, yuqori sifatli, sovuq haroratda saqdanmagan, muddati 7 kundan oshmagan T.lar parhez T. hisoblanadi. Tovuq T.da 26% quruq modda, shu jumladan, 12—13% [[Proteinlar|protein]], 12% [[lipidlar]] (lipidlarning 99% sarigʻida toʻplangan), 1% [[uglevodlar]], 1% mineral moddalar bor. T. oqsili (okligi)ning 60% almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, fermentlar (shu jumladan, lizotsim) va glikoproteidlar (avidin) dan iborat. T. sarigʻi (sariqligi) rangi uning tarkibidagi karotinoidlarga bogʻliq. Uning oʻrtasida urugʻlangan embrion diski joylashgan. Shuningdek, T. tarkibida aminokislotalarga boy oqsil, letsitin, fosforli yogʻlar, 20 dan ortiq mikroelement qamda A, V, Ye, D va boshqa vitaminlar bor. Koloriyaliligi boʻyicha oʻrtacha semizlikdagi mol goʻshtiga teng keladi va yaxshi singadi. Joʻja ochirish uchun serpusht tovukdarning yirik T.lari tanlab olinadi. Odatda, tovuq T.i 55—65, kurkaniki 70—100 g , oʻrdakniki 70—90 g , gʻozniki PO— 180 g . boʻladi. T. uzok, vaqt saklanadigan boʻlsa, oziq-ovqatlik sifati pasayib ketmasligi uchun, qayta ishlanib, undan qandolatchilik va non sanoatida ishlatiladigan melanj (muzlatish yoʻli bilan konservalangan tuxum massasi) va T. kukuni tayyorlanadi. Melanji 8—10 oy, T. kukunini 2 yil saklash mumkin.{{OʻzME-T}}
 
== Yana q. ==
 
* [[Tuxumhujayra]]
 
== Manbalar ==