Amir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Prokudin-Gorskii-19-v2.png|thumb|[[Said Olimxon]] (amir)]]
'''Amir''' (arab.{{Lang-ar|امير‎}} – amr qiluvchi, boshliq, hokim) – lashkarboshi, hokim, [[bek]]. Arab xalifaligining dastlabki xalifalari va umaviylar davrida alohida qoʻshin qoʻmondonlari A. deb atalib, ular odatda zabt etilgan viloyatlarga noib etib tayinlanganlar. Xalifalarga Umar ibn al-Xattobdan boshlab "A. al-moʻminin" ("Moʻminlar A.i") unvoni berilgan. Abbosiylar davrida A. odatda xalifalarning oliy hukmdor ekanligini tan olgan hokimlar, shuningdek xalifalikka nomigagina qaram boʻlgan sobiq noiblar (agʻlabiylar, tu-luniylar, tohiriylar) yoxud qurol kuchi bilan oʻzlari davlat barpo etgan mustaqil hokimlar (safforiylar, taznaviylar, buvayhiylar); ularni 10-asrda sultonlar deb ham atay boshlashgan. 10-asr oxiri – 11-asr boshida A. deb turli tabaqaga mansub hokimlar va lashkarboshilar (ay-yubiylar, mamluklar davlatlari va boshqalarda) atalgan. Oʻrta asrlarda Movarounnahr xonliklarida Amir ul-umaro, Amiri shikor mansablari mavjud boʻlgan. Oltin Oʻrda, soʻngra Movarounnahr va Eronda moʻgʻullar istilosidan soʻng A. deb uluslar boshliqlari atalgan (bek yoki noʻyon ma’nosida). Bu unvonni Amir Temur ham olgan; temuriylar sulolasiga man-sub shahzodalar Amirzoda (amir oʻgʻli) deb atalib, mirzo uning qisqartirilgan shaklidir. 18-asr oxiridan e’tiboran Buxoro xonligi hukmdorlari oʻzlarini A. deb atay boshlaganlar. Safaviylar Eronida A.– viloyat hokimlari (odatda qabila boshliqlari, xonlar va sultonlar), Afgʻonistonda A. unvonini barakzoylar sulolasi hukmdorlari Doʻstmuhammadxondan boshlab olganlar. 20-asrda monarxik arab davlatlarida (mas, Saudiya Arabistonida) A.– hukmron su-lolaning valiahd shahzodalari.
 
== Yana q. ==
 
* [[Davlat boshligʻi]]
* [[Monarx]]
 
* [[Monarxiya]]
 
== Adabiyotlar ==