It: Versiyalar orasidagi farq

97 bayt qoʻshildi ,  6 oy oldin
tahrir izohi yoʻq
({{stub → {{animal-stub)
Tahrir izohi yoʻq
[[Fayl:Coat types 3.jpg|thumb|right|250px|<center>It</center>]]
'''It''' ({{lang-la|Canis familiaris}}) — boʻrisimonlar oilasiga mansub [[Uy hayvonlari|uy hayvoni]]. Hamma mamlakatlarda tarqalgan. Yovvoyi ajdodi boʻri. Mezolit davrida (miloddan avvalgi 15— 10 ming yil) xonakilashtirilgan. I.larning hid bilish, eshitish va koʻrish organlari, shuningdek, miyasi yaxshi rivojlangan. yillarda 42 tish boʻlib, qoziq tishi nihoyatda mustahkam. Urgʻochisi 7—8 oyda, erkagi 10— 12 oyda jinsiy voyaga yetadi, erkak I. arlon deb ataladi, qanjiklari (urgʻochilari) yiliga ikki marta kukjadi. Boʻgʻozlik davri 58—65 kun. 1—2 tadan 12—18 tagacha tugʻadi. I.ning yangi tu-gʻilgan bolasi kuchuk deyiladi. Kuchuk bolalar koʻr, kar, tishsiz tugʻiladi. Koʻzi 10—14 kundan keyin ochiladi, 5— 8 kundan keyin kuloklari eshita boshlaydi, sut tishlari 20—30 kunda chikali. Onasini 1 — 1,5 oy emadi, soʻngra boshqa ovqatlarni qam yeyaveradi. I.lar 12—15 yil, baʼzi zotlari 17 yilgacha yashaydi. I.larning boʻyi 16—18 sm dan 100 sm gacha, vazni 600 g dan 90&nbsp;kg gacha boradi. Uy I.lari yovvoyilashishi ham mumkin. I.larning yovvoyi holda yashaydigan yagona turi dingo iti, asosan, Av-straliyada tarqalgan (Kuril o.larida yovvoyilashgan xonaki I.lar uchraydi). Jahonda I.ning 400 dan ortiq zoti maʼlum. I. 3 ta asosiy guruhga: xizmat I.lari, ovchi I.lar, dekorativ I.larga boʻlinadi.
 
Xizmat I.lari qoʻriqchilik va maxsus xizmatlar (harbiy, qidiruv, qorovullik, kj tashish)ni bajaradi. Ular boyloq, boʻsh yoki alohida kataklarda (xonalarda) boqiladi. Ularning zotlari koʻp. Mas, ovcharkalar, doberman-pincher, boksyor, erdelyer, kora teryer, dog , senbernar, nyufaunlend. Bu turdagi I.lar boʻychan, sharoitlarga bardoshli, odam buyruklariga va ma-shklarga tez oʻrganadi. Ular jang maydonlarida yaradorlarni qidirib topish va olib chiqish, aloqa ishlari, minalarni, narkotik moddalarni topish kabi noyob ishlarni bajarishga qodir. Oʻzbekistonda xizmat I.laridan Shar-qiy Yevropa ovcharkalari keng tarqalgan. Inson uchun eng yaqin yordamchi I.lar choʻpon I.lari hisoblanadi. Bun-day itlardan boʻribosar, Kavkaz, moʻgul, shotland ovcharkalari chorva podalarini boʻrilardan qoʻriklash, podaningta-rqalib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan "po-dachilik" vazifalarini bajaradi. I.lar chekka Shimolda chanaga qoʻshib, transport vositasi sifatida ishlatiladi (10—12 I. qoʻshilgan chanada 400– 500&nbsp;kg kjni bir sutkada 80–100&nbsp;km masofaga yetkazishi mumkin).
 
Rashid Ganiyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Yana q. ==
 
* [[Uy hayvonlari|uy hayvoni]]
* [[Itchilik]]
* [[Itsimonlar]]
 
== Manbalar ==
5 247

ta tahrir