Ibn Xaldun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Shaxsiyat bilgiqutisi}}
[[Fayl:TCCKhaldun.jpg|thumb|150px]]
 
'''Ibn Xaldun Abduraxman Abu Zayd Ibn Muhammad''' (1332, Tunis — 1406, Qahira) — arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushd(Averroes)ning izdoshi. 1349—75 yil larda Tunis, Fes, Gʻarnota, Bujjoya (Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382-yil Misrga kelib, mudarrislik qilgan, umrining oxirida molikiylar mazha-bi qozisi boʻlgan. I. X. Damashq shahri ning Amir Temurga topshirilishi shartlari haqida muzokara olib borgan delegatsiya tarkibiga kirgan edi. Shu tariqa I. X. Amir Temur bilan shaxsan suhbatlashishga musharraf boʻlgan. I. X. ning dalolat berishicha, Amir Temur undan Magʻrib mamlakatlari, uning manzillari va shaharlarini batafsil bayon qilib berishni soʻragan. I. X. Amir Temur tashqi siyosiy faoliyatiga salbiy nazar bilan qarashidan qatʼi nazar, sohibqiron shaxsiga munosib baho bergan. U Amir Temurning harbiy tarix sohasidagi teran bilimidan hayratga tushgan, uni "munozara-bahslarni yaxshi koʻradigan oʻtkir zakovatli va teran zehnli inson", deb taʼriflagan. Asosiy asari: "Kitob ul-ibar" ("Ib-ratli misollar kitobi", 1370). Asarda I. X. jamiyat taraqqiyoti xususida oʻz fikrlarini hamda Sharq musulmon xa-lqlari (xususan, Magʻrib) tarixini bayon qilgan. I. X. kishilar hayot tarzidagi tafovutlarni, asosan, geografik va boshqa moddiy omillarga bogʻliq deb hisoblagan. Asarda I. X. oʻz tarixiy-ijtimoiy nazariyasini bayon qilib, axloq va ijtimoiy muassasalar kishilar turmushi bilan bogʻliqligini hamda mehnat va kishilarning oʻzaro munosabati jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlagan. I. X. tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritgan.
Shuxrat Davlatov.[[Fayl:TCCKhaldun.jpg|thumb|150px]]
 
'''<big><u>Ibn Xaldun</u></big>'''