Meyoz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v2: Yana q. Shuningdek qarang bilan almashtirildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Calyculin-A-an-enhancer-of-myosin-speeds-up-anaphase-chromosome-movement-1475-9268-6-1-S1.ogv|thumb]]
[[Fayl:Meiosis Overview new.svg|thumb|298x298px|Meyoz sxemasi]]
'''Meyoz''' (yun. meiosis — kamayish) — hujayra yadrosining xromosomalar sonining 2-marta kamayishi (reduksiya) orqali boradigan boʻlinishi. Jinsiy koʻpayadigan oʻsimlik va hayvonlar uchun xos (qarang [[Jinsiy koʻpayish]]). M.Meyoz — irsiyat va oʻzgaruvchanlikning asosiy mexanizmi. M.Meyoz urugʻ va tuxum hujayra hosil qiluvchi hujayralar — spermatsit va ovotsitlarning ketma-ket ikki marta boʻlinishi (1- va 2- M.Meyoz)dan iborat. Har bir M.Meyoz boʻlinish mitoz singari 4 faza: profaza, [[metafaza]], anafaza, telofazadan iborat. 1-M.Meyoz profazasida gomolog xromosomalar konʼyugatsiyasi (oʻzaro chalkashuvi) va krossingover (gomologik xromosomalar oʻxshash qismlari oʻrtasida genlar almashinuvi) sodir boʻladi. Shundan soʻng mitoz profazasidagi singari xromosomalar spirallashuvi boshlanadi; yadro membranasi va yadrocha yemirilib, boʻlinish duki hosil boʻladi. 1-M.Meyoz metafazasida gomologik xromosomalar bir-biridan ajraladi va axromatin ipchalarga ilashib qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. 1-M.Meyoz telofazasida xromosomalar spirali yoyiladi; yadro membranasi va yadrocha shakllanadi; hujayra boʻlinib, xromosomalarning gaploid toʻplamiga ega boʻlgan hujayralar hosil boʻladi. 1-M.Meyoz boʻlinishdan soʻng hosil boʻlgan hujayralardagi xromosomalarning har qaysisi 2 tadan xromatidga ega boʻladi. Hujayralar 2-M.Meyoz ga kirishishidan oldin interfaza boʻlmaganligi tufayli xromosomalar soni oshmaydi. Qisqa interfazadan soʻng hujayralarning 2-M.Meyoz boʻlinishi boshlanadi. 2-M.Meyoz ham 4 ta fazadan iborat. 2-M.Meyoz telofazasida DNK yangi hosil boʻlgan hujayralar oʻrtasida teng taqsimlanganidan xromosomalar soni 2 hissa kamayadi. Xromosomalar sonining 2 hissa kamayishi bilan poyoniga yetadigan bu jarayon reduksion boʻlinish deyiladi. Organizmlar hayot siklida (qarang [[Hayot sikli]]) 3 xil M.Meyoz kuzatiladi. Odam, barcha koʻp hujayrali hayvonlar va ayrim tuban oʻsimliklar jinsiy organlarida (qarang [[Urugʻdon]], [[Tuxumdon]]) boradigan gametali, yaʼni terminal (uchki) M.daMeyozda gametalar hosil boʻladi (qarang [[Gametogenez]]). Urugʻ hujayralarning hosil boʻlishi spermatogenez, tuxum hujayralarning hosil boʻlishi ovogenez deyiladi. Koʻpchilik zamburugʻlar va suvoʻtlarda urugʻlangan tuxum hujayralanib boʻlinib, gaploid zoosporalar hosil qilishi zigota Meyoz deyiladi. Yuksak oʻsimliklarning jinsiy organlarida gaploid sporalarning hosil boʻlishi (sporogenez)dan iborat jarayon spora Meyoz, yaʼni oraliq M.Meyoz deyiladi. M.Meyoz ota yoki ona organizm xromosomalari hosil boʻlgan jinsiy hujayralar (qarang [[Gametalar]]) oʻrtasida teng taqsimlanadi. [[Gametalar]] ota-ona organizmlari irsiy belgilarini tashuvchilar hisoblanadi. Jinsiy hujayralarning qoʻshilishi natijasida hosil boʻladigan zigotada xromosomalarning diplo-id toʻplami tiklanadi. Zigotada erkak va urgʻochi organizm irsiy belgilari mujassamlashgan boʻladi.
 
== Shuningdek qarang ==
 
* [[Mitoz]]
* [[Jinsiy koʻpayish]]
 
== Manbalar ==