Janna dʼArk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Shaxsiyat bilgiqutisi}}[[Fayl:Stilke Hermann Anton - Joan of Arc's Death at the Stake.jpg|upright|thumb|]]
 
'''Janna d’Ark''' ({{lang-fr|Jeanne d’Arc}}), '''Orlean qizi''' (taxminan 1412-yil, Domremi qishlogʻi — 30-may 1431-yil, Ruan) — [[Fransiya]]ning milliy qahramoni. Oddiy dehqon oilasida tugʻilgan, yoshligidan taqvodor boʻlib oʻsgan. [[Yuz yillik urush]] (1337— 1453) davrida ingliz bosqinchilariga qarshi fransuz xalqining umumxalq kurashiga rahbarlik qilib, urushda tubdan burilish yasalishiga sababchi boʻlgan. Orlean qamalini eshitgach, u Vokuler shahriga kelib, qalʼa boshligʻini oʻzining zimmasiga Fransiyani inglizlardan xalos etish vazifasi yuklatilganligiga ishontira oldi. Erkakcha kiyingan va qurollangan Janna katta qiyinchiliklar bilan valiaxd shahzoda Karl qabuliga kirib (1429-yil fevral) uni keskin harbiy harakatlarni boshlashga daʼvat eta olgan. Yoshgina qizaloqqa fransuz qoʻshiniga qoʻmondonlik qilish topshirilgach, Janna dʼArk ilohiy mujdalar yordamida birin-ketin ajoyib gʻalabalarni qoʻlga kirita boshlagan. Janna dʼArk kamaldagi Orleanni xalos qilgach (1429-yil 8-may), unga Orlean qizi nomi berilgan. Pate yonidagi jangdagi gʻalaba (1429-yil 18-iyun), Shampan grafligini ozod qilinishi uning obroʻsini yanada oshishiga sabab boʻlgan. Janna Reymsni ozod qilib valiaxd Karl VII ni Fransiya qiroli deb eʼlon qilgan va unga toj kiydirish marosimini oʻtkazgan (1429-yil 17-iyul). Janna dʼArkning oddiy xalq va askarlar oʻrtasida obroʻsi oshib ketishi qirol va saroy aristokratiyasiga yoqmagan. Uni harbiy harakatlarga rahbarlik qilishdan chetlatganlar. Kompyen ostonalarida boʻlgan jangda Janna dʼArk inglizlarga ittifoqchi boʻlgan burgundlar tomonidan asir olingan (1430-yil 24-may) va Burgundiya gersogi uni 10000 livrga inglizlarga sotgan. 1430-yil oxirida inglizlar Janna dʼArkni Ruan shahriga keltirib, cherkov sudiga topshirganlar. Çerkov sudi uni dahriylik va jodugarlikda ayblagan. Janna dʼArkni Ruanning markaziy maydonida yoqishgan.