Kalla (biologiya): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Kalla (maʼnolari)}}
[[Fayl:Leonardo da vinci, Study on the proportions of head and eyes.jpg|thumb|215x215px|[[Leonardo da Vinci|Leonardo da Vinchi]] tomonidan chizilgan]]
'''Kalla''', bosh — [[odam]] [[gavda]]sining yuqori va [[hayvonlar]] gavdasining oldingi qismi; pastki [[jagʻ]]ning ostki cheti va koʻtariluvchi tarmogʻi, soʻrgʻichsimon oʻsiquchi, ensa [[suyak|suyagi]]ning koʻndalang joylashgan gʻadir-budir va tashqi doʻmbogʻi bilan [[boʻyin]] sohasida ajralgan. K.da [[nerv sistemasi]]ning oliy boʻlimi, baʼzi sezuv aʼzolari, shuningdek, [[ovqat hazm qilish]] va [[nafas]] sistemasining oldingi boʻlimlari joylashgan. Odam va yuksak hayvonlar K. si kalla suyagidan iborat boʻlib, u [[miya]] va yuz qismlaridan tashkil topgan. Unda [[hayot]]iy muhim hamda murakkab ([[inson]]da [[tafakkur]]) vazifalarni bajaradigan bosh miya oʻrnashgan. K.da [[muvozanat]] aʼzolari, [[endokrin bezlar]] (qarang [[Ichki sekretsiya]]) — [[gipofiz]], [[epifiz]], shuningdek, [[sezgi organlari|sezgi]], [[hid bilish aʼzolari|hid biluv]], [[koʻrish organlari|koʻruv]], [[eshitish aʼzolari|eshituv aʼzolari]], ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi — [[ogʻiz boʻshligʻi]] ([[soʻlak bezlari]], [[chaynash]] apparati), yuqori nafas yoʻllari, [[burun]] boʻshligʻi, [[ovoz boylami|ovoz boylamlari]] va b. joylashgan. Bu aʼzolarning K.da [[boʻlish]]i odamning tarixiy [[rivojlanish]]i bilan bogʻliq. Odamning bosh miyasi juda yaxshi [[taraqqiyot|taraqqiy]] etganligi, odam ikki [[oyoq]]da turib, gavdasini tik tutadigan boʻlganligi, qoʻl mehnat aʼzosiga aylanganligi bois K. oʻziga xos [[anatomiya|anatomik]] [[xususiyat]]larni [[kasb]] etgan (qarangKilla suyagi).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>