Venetsiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
[[File:Wilhelm_von_Gegerfelt_-_Gondoler_i_Venedig.jpg|thumb]]
'''Venesiya''' — Italiyaning shim.dagi shahar, Adriatika dengizining Venesiya qoʻltigʻida. Venesiya viloyati va Venesiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. V. 2 kismdan iborat: tarixiy markaz (aholisi 100 ming kishi atrofida) 150 kanal bilan ajralib turgan 118 orolda joylashgan va materikdagi sanoatlashgan port qismi. V. ning orollardagi qismi — muzey shahar, dengiz kurorti, xalqaro turizm markazi. Aholisi 450 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oxirlari). V. dagi kanallar (rio) ustiga 400 dan ortiq koʻprik qurilgan. Kanallardan eng muhimi Katta kanalning uz. 3,8 km boʻlib, shaharni butunicha kesib oʻtgan. Materikka eng yaqin orol
Mil. av. 5-asrdan boshlab V. da aholi yashagan. 9—10-asrlarda Gʻarbiy Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi savdoda vositachilik rolini oʻynagan. 4-salib yurishi natijasida (1202—04) V. Oʻrta dengiz imperiyasiga aylanadi (Istanbulning bir qismi, Marmar dengizidagi bir necha gavan, Evbey, Krit va b. orollarni egalladi). 15-asr boshlariga kelib, V. oʻzga viloyatlarni bosib olish siyosatini yuritdi. Istanbulning turklar tasarrufiga oʻtishi (1453) hamda Buyuk geografik kashfiyotlardan soʻng savdo yoʻlining Oʻrta dengizdan Atlantika okeaniga koʻchishi V. mavqeiga katta zarar yetkazdi. 17—18-asr larda V. chukur tushkunlikka yuz tutdi. 1797-yil V. ni Fransiya qoʻshinlari ishgʻol qildi va Kampoformiy sulhiga muvofiq u Avstriyaga berildi. 1848—49 y.lardagi inqilob tufayli V. mustaqil respublika boʻldi. 1866-yil V. yana Italiya tarkibiga kirdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida V. yirik sanoat markaziga aylandi. V. 1943-yil nemis qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya kilindi. 1945-yil aprel qoʻzgʻoloni natijasida ozod qilindi. V.ga sanoat xom ashyolari (metall, neft, koʻmir, paxta tolasi va b.) chetdan keltiriladi. V. da odatdagi shahar transporti yoʻq, yoʻlovchilar qayiqlar va motorli kemalarda tashiladi. V. Italiyaning iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy qilgan markazlaridan. Yirik sanoat korxonalari V.ning materikdagi chekka qismlarida. Kemasozlik, rangli metallurgiya (alyuminiy, rux), neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, mashinasozlik,oziq-ovqat, oyna, poligrafiya sanoati tarmoqlari rivojlangan. Qurol-aslaha, neftkimyo, koks-kimyo, alyuminiy prokatlari va chinni zavodlari,
V. da (13-asrda) Italiyadagi asosiy rassomlik maktablaridan biri vujudga keldi va oʻziga xos tarzda rivoj topdi (qarang Venesiya maktabi). V. da Akademiya galereyasi, arxeologiya muzeyi, shisha buyumlari muzeyi (Murano o.da) bor. Meʼmoriy yodgorliklardan San-Marko sobori (9—15-asrlar), San-Marko qad. kutubxonasi (16-asr), saroylar (15-asr, 15-asr oxiri), cherkov va monastirlar (15—16-asr lar) va b. saqlangan.
|