Ogʻir atletika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Olympics 2012 Women's 75kg Weightlifting.jpg|thumb|2012-yilda [[London|Londonda]] boʻlib oʻtgan yozgi [[Olimpiada oʻyinlari|Olimpiada oʻyinlarida]] ispaniyalik ogʻir atletikachi Lidiya Valentin.]]
'''Ogʻir atletika''' — [[sport]] turi, har xil vazn toifalarida ogʻir narsalar (shtanga, [[tosh]]) koʻtarishda musobaqalashish. Ogʻirliklarni koʻtarish mashqlari qad. zamonlardan maʼlum. Rasmiy musobaqalar esa 1860-yillardan (birinchi marta [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQShda]]) oʻtkazib kelinadi. hozirgi vaqtda shtangani ikki qoʻllab dast va siltab koʻtarish (1972-yildan) Ogʻir atletikaning asosiy mashqlari hisoblanadi. Dast koʻtarishda sportchi shtangani toʻxtatmay bir harakat bilan, siltab koʻtarishda — ketma-ket ikkita harakatda — avval koʻkrakka olish, keyin esa yuqoriga choʻzilgan qoʻllarga koʻtarishni amalga oshiradi. Ogʻir atletikachilarni (1977-yildan) 10 vazn toifasiga (52&nbsp;kg gacha — 110&nbsp;kg dan yuqori) ajratadilar. Ogʻir atletika 1896-yildan [[Olimpiada oʻyinlari]] (1900, 1908, 1912-yildan tashqari) dasturiga kiradi. 1896-yil 1-Yevropa chempionata, 1898-yil 1-jahon chempionata boʻlib oʻtgan. [[Oʻzbekiston|Oʻzbekistonda]] birinchi Ogʻir atletika toʻgaragi 1917-yilda [[Toshkent]] shahrida ochilgan, u "[[Toshkent ogʻir atletika jamiyati]]" deb atalgan. Oʻzbekistonda Ogʻir atletikaning asoschisi Feoktist Gorizdro qisoblanadi. Oʻzbekistonda O.a federatsiyasi 1992-yildan faoliyat koʻrsatadi. U Xalqaro Ogʻir atletika federatsiyasi — IWf ga (1993), Osiyo Ogʻir atletika federatsiyasiga (1994) aʼzo. Oʻzbekiston Ogʻir atletika federatsiyasi har yili kattalar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini oʻtkazadi. [[Andijon viloyati|Andijon]], [[Toshkent viloyati|Toshkent]] viloyatlari, Toshkent va Samarqand shaharlarida Ogʻir atletika keng ommalashgan. Ogʻir atletika seksiyalarida 7000 ga yaqin kishi muntazam shugʻullanadi. Xalqaro toifadagi sport ustalari [[Erkin Karimov]] (jahon rekordchisi, 1968), Isroil Isoqov, Noil Muhamadyorov (olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindorlari, 1988), Sergey Sirsov (jaxrn chempioni, 1991, Olimpiada oʻyinlarining kumush medali so-vrindori, 1992), Igor Sodiqov (jahon chempioni, 1991) va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi Igor Xalilov (yoshlar oʻrtasida Yevropa, jahon chempioni, 1992, Osiyoning 2 karra chempioni 1997, 2000) Oʻzbekistonning eng kuchli Ogʻir atletikachilaridir.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Yana q. ==
 
* [[Yengil atletika]]
 
== Manbalar ==