Filippin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 48:
Qadimdan davom etib kelayotgan va ashula, raqslar bilan oʻtadigan taomil, rasmrusumlar va ularda gavdalantiriladigan mehnat jarayonlari, toʻy udumlari teatr sanʼati uchun manba boʻlgan. F. professional teatri xitoy, hind, indonez, keyinroq ispan va amerika madaniyati taʼsirida shakllandi. 19-asr oʻrtalarida Manilada havaskorlik teatrlari: Eskosur truppasi (1848) va Lopes Aris truppasi (1852) vujudga kelib, ularda ispan tilidagi sevgi pyesalari (sarsuelalar) sahnalashtirildi. 1914-yil Manilada ingliz tilidagi "Litl tietr" tashkil topdi. Uning aktyorlari ham, tomoshabinlari ham asosan, Manila universitetining talaba va muallimlari edi. F. mustaqillikka erishgach, tagal tilidagi dramaturgiya va teatr rivojlana boshladi. "Barangay teatr gildiyasi" (1939), F. aktyorlar laboratoriya (1959), Meralko teatri, Raj Soliman teatri va boshqa yarim professional jamoalari milliy sanʼat (moromoro, sarsuela va boshqalar) anʼanalarini jahon teatrining eng yaxshi namunalari yutuqlari bilan birga qoʻshishga intiladi. 1972-yil Manilada koʻchma bolalar teatri tashkil etildi.
== Kinosi ==
1919-yil rejissyor va aktyor X. Nepomuseno milliy kino firma tashkil etganidan soʻng kinofilmlar doimiy ishlab chiqarila boshladi. Tagal tilida "Qishloqi qiz" nomli dastlabki badiiy film yaratildi. "Uch maqtanchoq" (1926) ovozeizovozsiz filmlar orasida eng yaxshisi buldi. 1932-yil dastlabki ovozli filmlar ("Qallob", rejissyor J. P. Musser; "Oltin xanjar", rejissyor X. Nepomuseno) chikarildi. 30-yillardagi eng yirik kino birlashmalari — "Sampagita" va "LVN" chiqargan filmlarda milliy tarix va mifologiya syujetlaridan foydalanildi. shuningdek, "Yirtilgan bayroq", "Zulmat va nur" komediyalari ham yaratildi. 1946-yil tashkil etilgan "Premyer prodakshn" studiyasi koʻngilochar ruxdagi filmlar bilan bir qatorda togʻli qabilalar hayotini tasvirlovchi filmlarni ham suratga oldi. 50—60-yillarda "Xarana", "Dunyoning oxirigacha" (ikkalasining rejissyor J. de Leon), "Parij romanei", "Badayo" (ikkalasining rejissyor L.V. Avelyana) ekranga chiqarildi. 20-asr oxirlarida yaratilgan "Qaqroq yerni sugʻor" (rejissyor O. Buenaventura), "Narkotik chayqovchilarini oʻldiringlar" (rejissyor J. Estrada) filmlari dolzarb zamonaviy mavzularga bagʻishlangan. 1960-yillarning oʻrtalaridan Manila kinofestivali utkazib kelinadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->