Oyoq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Beine.JPG|right|thumb|255x255px|<center>Oyoqlar</center>]]
'''Oyoq''' — tayanch va harakat aʼzosi. Hayvonlarda O.ning vujudga kelishi va tuzilishi turlicha boʻlsa ham, bajaradigan vazifasi oʻxshash. Koʻp qilli halqalilarning juda sodda tuzilgan juft oyogʻi muskulli, kalta, lekin serharakatdir. Xordali hayvonlar oyogʻi toq va juft boʻladi. Quruklikda yashaydigan barcha umurtqali hayvonlarda toq O. boʻlmay-di, biroq ular suvda yashashga oʻtsa, toq O. (suzgich qanotlar) qayta vujudga kelishi mumkin (mas, ixtiozavrlar, kitlar va boshqalarda). Toq O. tufayli hayvon suvda muvozanatini saklaydi, oldinga harakat qiladi va, asosan, oʻzini-oʻzi boshqaradi. Juft O. dastlab baliqlarda paydo boʻlgan, u suvga shoʻngʻish yoki koʻtarilishni boshqaradi va muvo-zanatni saqlaydi.