Aksiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 37.110.210.20 tahrirlari MalikxanBot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Vereinigte Ostindische Compagnie bond - Middelburg - Amsterdam - 1622.jpg|thumb|1622 dona aksiyalar]]
'''Aksiya''' – bu uning egasi hissadorlik jamiyati [[kapital]]iga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan [[dividend]] shaklida [[daromad]] olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi [[qimmatbaho qogʻoz]]dir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Aksiya''' (frans.{{lang-de|Aktie}}; action{{lang-nl|Actie}}; {{lang-la|actio}} – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapi-talida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini divi-dend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. A. qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi. A. chiqargan jamiyat emmitent, uni sotib olganlar esainvestorlar deb ataladi. A. dastlab emmitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, soʻngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldisotdi etiladi. A. bevosi-ta emmitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. Oʻzbekistonda A. aholiga xu-susyiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va ularga qarashli maxsus maga-zinlarda sotiladi. Oʻzbekistonda 1997-yil 5 ta investitsiya fondi ishladi.A. davlat korxonalari aksiyador ja-miyatlarga aylantirilgan chogʻda va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. Oʻzbekistondagi A. davlat mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989-yildan boshlab chiqarilgan. A. egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli A.ga boʻlinadi. Oʻzbekistonda aholi orasida birinchi turdagi A. tarqalgan. A. oddiy va im-tiyozli turlarga boʻlinadi. Oddiy A. dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini ta’minlovchi A.; imtiyozli A. dividend oldindan belgilangan, lekin ovoz berish huquqini ta’minlamaydigan A. egasining oʻzida yoki depozitariylarda saqlanadi. Mac, 1995-yilda "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. soʻmlik aksiyalari saqlandi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->