Rang: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 2:
'''Rang''' — moddalar chiqargan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda yorug'likning muayyan ko'rish tuyg'usini hosil qilish xossasi. Nurlanishning yorug'lik energiyasi atrofidagi buyumlardan qaytib, ko'z qorachig'i orqali ko'zning sezgir hujayraviy qabul qiluvchi pardasiga tushib, unga faol ta'sir qiladi. Modda qaysi Rangdagi nurni yutsa, o'sha Rangdagi nurni o'zidan chiqaradi. Rangning spektri moddani tashkil etuvchi atom va molekulalar xususiyatlariga qarab o'zgarishi mumkin. Spektrni tashkil etuvchi nurlar energiyasining zichligi bir-biriga yaqin bo'lganda oq Rang hosil bo'ladi. Yorituvchanlik yoki yoritilganlikning kamayishi natijasida moddalarning rangi noaniqlashadi.
 
Uch xil Rangning qo'shilishidan xohlagan Rangni hosil qilish mumkin. Xalqaro kelishuvga binoan, 3 asosiy Rang tanlab olingan: qizil, sariq va havo rang . Rangli televideniye, rangli fotografiya va boshqalarning asosida 3 xil Rang aralashmasi yotadi. To'lqin uzunligi har xil bo'lgan yorugʻlikyorug'lik har xil rang taassurotini hosil qiladi: ^.=460 nm da — binafsha rang , 470 nm da — koʻk rang , 480 nm da — zangori rang , 520 nm da — yashil rang , 580 nm da — sariq, rang , 600 nm da — to'q sariq (apelsin) rang , 640 nm da — qizil rang , 700 nm da to'q kizil (qirmizi) rang hosil bo'ladi.
 
Ba'zi odamlarda [[rang ajrata olmaslik]] kasalligi uchraydi. Bu kasallikda rangli rasmlar bilan oq-qora rasmlar va svetofor chiroqlari bir xil ko'rinadi. Moddalar haroratini bevosita aniqlash mumkin bo'lmagan vaqtda chiqarish spektridagi Rangning o'zgarishidan foydalaniladi. Shu usul bilan Quyosh sirti harorati aniqlangan. Kime tajribalarida erigan modda konsentratsiyasi (rangi)ni aniqlashda maxsus optik asbob (spektrofotometr)lardan foydalaniladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>