Harakat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 3:
Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo mukammal asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida Gegel H.ning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina izohlash mumkinligini taʼkidlagan. H.ni tushuntirishda H.ning moddiy tashuvchisi, manbai haqidagi gʻoyalar muhim ahamiyatga ega. Ingliz olimi J. Toland (1670—1722) H.ni materiya bilan bogʻlab tushuntiradi. Uning fikricha, H.siz materiya boʻlmaganidek, materiya ham H.siz boʻlishi mumkin emas. Bu fikr materialistik falsafaning asosiy tamoyiliga aylandi.
 
H.ning moddiy tashuvchisi tushunchasi H. oʻz-oʻzicha mavjud emas, u har doim "nimaningdir" H.i, "nimaning-dir" oʻzgarishi degan maʼnoni bildi-radi. Oʻsha "nima" H.ning moddiy tashuvchisi boʻladi (u H. shakllarini ajratib koʻrsatishda taʼkidlab oʻtildi). Gʻoyaviy shakldagi H.lar toʻgʻrisida gap borganda "H.ning moddiy tashuvchisi" tushunchasi oʻz maʼnosini yoʻqotadi. Uning oʻrnini "harakatlanuvchi sistema" tushunchasi egallaydi. Bunday sistema moddiy yoki maʼnaviy shaklda boʻlishi mumkin. Inson tafak-kuri, axborotlar sistemasi, maʼnaviy sistema, gʻoyaviy sistema va shahrik. maʼnaviy shakldagi harakatlanuvchi sistemaga misol boʻlishi mumkin. H.ning manbai haqida gapirganda mutafakkirlar qadimdan ziddiyatlarni nazarda tutishadi. Ichki ziddiyatlar H.ning ichki manbaidir. Ayrim olimlar tashqi turtkini yoki dastlabki turtkini H. manbai deb bilishadi. Ularning fikricha, olamda abadiy sokinlik hukmron boʻlib, keyin dastlabki turtki tufayli u H.ga kelgan. Aslida. voqelik H.siz boʻlishi mumkin emas, u doimo H.da, oʻzgarishda. Bu oʻzgarishlar ichki va tashqi ziddiyatlar tufayli amalga oshadi. Ibn Sino jism bir joyda va bir paytning oʻzida H.da ham, sukunatda ham boʻlmaydi, H. zid-diyatlidir va uning natijasidir, deb koʻrsatgan edi. Ziddiyatlar jismni H.ga keltiradi, shu maʼnoda har qanday H.ning manbai ziddiyatdadir. H. shakllari borliqsagi oʻzaro aloqadorliklarning namoyon boʻlishidir. Oʻzaro aloqadorlik moddiy va maʼnaviy shakllarda boʻladi va olamning yaxlitligini taʼminlaydi. Moddiy dunyoning asosida 4 xil — gravitatsion, elektromagnit, kuchli va kuchsiz yadroviy oʻzaro aloqa-dorliklar yotadi. Aloqadorliklar esa qoʻshilib fazo va vaqt strukturasini tashkil etadi. H. yoki harakatlanuvchi sistema xoh moddiy koʻrinishda, xoh maʼnaviy koʻrinishda boʻlishidan qatʼi nazar, olamning oʻzgarishi va rivojlanishi asosida yotadi. H. — mavjudlik boʻlsa, hara-katsizlik-sokinlik — yoʻqlikka mos keladi. Shu sababli H. borliqning adabiy va mutlaq xususiyati, sokinlik esa oʻtkinchi va nisbiy xususiyati deb hisoblanadi. Quyidan yuqoriga boʻladigan H. rivojlanish deyiladi, aksi regressiv H.dir.Harakat ot soz turkumiga mansub soz boladi. Harakat turlicha boladi. Masalan:
 
== Adabiyot ==