Yurak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Anatomy Heart English Tiesworks.jpg|thumb|right|[[Odam]] yuragi.]]
[[Fayl:Heart numlabels.svg|thumb|(4) [[Aorta]]]]
 
'''Yurak''' — [[odam]] va [[Hayvonlar|hayvonlarning]] [[Qon aylanishi|qon aylanish]] sistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni [[venalar]] orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi.
 
Qator 6:
[[Fayl:Four chamber cardiovascular magnetic resonance imaging.gif|left|thumb]]
Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yurak 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yurak oldingi pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yurak yuqoridan va orqadan qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. Yurakning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda Yurak yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib turadi.
[[Fayl:CG heart 2.gif|thumb|209x209px]]
 
Keyinchalik 1—3 yoshda Yurak qoʻndalang vaziyatini oʻzgartiradi va katta odamlarda koʻrilganidek, qiyshiq holatda joylashadi. Yurakning oʻrtacha ogʻirligi erkaklarda 300 g , ayollarda bir oz kamroq (220—250 g). Yurakning uzunligi oʻrta yoshdagi odamlarda 13—15 sm, eng serbar qismi (koʻndalangiga) 9—11 sm, oldingi sathi bilan orqa sathining uz. 6—7 sm. Yurak tashqi yuzasining oʻtkir (oʻng) va oʻtmas (chap) chekkalari uni orqa, old tomondagi yuzalarga ajratib turadi. Har bir odam yuragining kattaligi oʻzining oʻng mushtidek keladi. Oʻrta yashar odamning yuragi bir minutda oʻrta hisobda 70—75 marta, bir sutkada 100000 marta qisqara oladi. Bu esa 20 t yukni 1 m balandlikka koʻtarish kuchiga teng .
[[Fayl:Enrique Simonet - La autopsia 1890.jpg|thumb|[[Enrique Simonet Lombardo|Enrike Simone]] tomonidan chizilgan [[rasm]]. "Uning yuragi bor edi" (1890)]]
 
Yurakning ustki chegarasi III qovurgʻa togʻayining toʻsh suyagiga yopishayotgan joyidan oʻtkazilgan gorizontal chiziqqa goʻgʻri keladi.