Musiqa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Musiqa''' (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. M. insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, M. shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. M.ning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. M.ning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir. M. asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra M. mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika M.ning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. M.ning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. M. shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. M.ning , ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.
 
Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, M. ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan M. nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida M. fakat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, M. tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan M. tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsada M. tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari M. madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik M.da (ayniqsa, 20- a.da rivoj toptan yoʻnalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng oʻrin olgan.