Moʻtazila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Mutaziliylar''' ([[arab tili|arab.]] — ajralib chiqqanlar, uzoklashganlar) — [[islom]]dagi [[ilohiyot]] oqimlaridan biri. [[VIII asr|8-asr]] oʻrtasida [[Arab xalifaligi]]da vujudga kelgan. Asoschilari Vosil ibn Ato (699—748) va [[Amr ibn Ubayd|Amir ibn Ubayd]] (761 yil v.e.). Ular oʻz guruhi bilan ustozlari [[Hasan Basriy|Xasan al-Basriy]] (728 yil v.e.) maktabidan ajralib chiqqan.
 
M. [[Qurʼon]]ni diniy haqiqatning manbai deb eʼtirof etadi, uni soʻzma-soʻz emas, majoziy talqin qiladilar, [[rivoyat]]larga koʻr-koʻrona ishonishga qarshi chiqadilar. M. [[qadariylar]]ning [[inson]] [[iroda]] [[erkinlik|erkinligi]] haqidagi taʼlimotini rivojlantirdilar va asosladilar. Ular 9-asrda oʻzlarining [[aqida]]lar tizimini yaratdilar. Bungacha islomda davlat dini va barcha uchun maj-buriy deb eʼtirof etilgan yagona aqidalar tizimi boʻlmagan. Chunki, dastlabki [[200 (son)|ikki yuz]] yillik davomida islom turli fikr, [[maktab]], [[mazhab]], [[huquq]]iy [[firqa]]lar yigʻindisidan iborat boʻlgan. Shuningdek, xalifalar diniy, siyosiy [[muxolafat]]dagi harakat ([[xorijiylar]], [[shialik|shialar]] va boshqalar)ga qarshi kurashuvchi [[mafkura]]viy qurolga zarurat sezayotgan edi. Shuning uchun xalifa [[Maʼmun]] (813—833) M. taʼlimotini davlat dini deb eʼlon qildi. Xalifa farmoni bilan barcha [[qozi]]lar, ilo-hiyotchilar, amaldorlar shu eʼtiqoddami, yoʻqmi, sinab koʻrildi. M. aqidasi (xususan, Qurʼonning yaratilganligi)ni tan olmaganlarni ishdan boʻshatdi, hatto [[oʻlim jazosi|oʻlim jazo]] chorasini qoʻlladi. Maxsus jazo muassasasi — "mihna" tashkil etdi. Ammo, majburiy choralarga qaramasdan M. taʼlimoti xalifalikda umuman qabul qilinmadi, xalifa Mutavakkil davri (847—861)da esa M. taʼlimoti "shakkoklik" deb eʼlon qilindi. M. [[aql]]-[[idrok]]ni ilo-hiyot asosi deb eʼtirof etgan, [[tasavvuf|tasav-vuf]]ni inkor etishga uringan, oʻzlarini yakkaxudolik ([[tavhid]]) va [[adolat]] ([[adl]]) tarafdorlari, deb atagan. M.ning asosiy [[gʻoya]]lari vaqti kelib shia ilohiyotchilari tomonidan oʻzlashtirib olindi. M. keyinchalik [[Iroq]] va [[Eron]]da [[XI asr|11]] — [[XII asr|12-asr]]larga, [[Oʻrta Osiyo]]da [[XIII asr|13]]—[[XIV asr|14-asr]]larga kelib yoʻqolib ketgan. Uning oxirgi [[vakillik|vakillar]]idan biri [[Zamaxshariy]]dprdir.
 
== Adabiyot ==