Paleolit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Qator 19:
 
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda yuqori Paleolit yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi. Siyobcha makonida esa yuqori Paleolit odamining jagʻi, tishlari va qoʻl suyaklarining topilishi, ayniqsa, noyobdir. Shunday qilib, yuqori Paleolit davrining boshlaridayoq zamonaviy qiyofadagi odam shakllanib, u fanda "Xomo sapiyens" — "aql-idrokli odam" nomini oldi. Bu davrda iqlim sharoitning taʼsiri oqibatida odamzodning irqi (yevropeoid, negroid va mongoloid) hamda har xil antropologik turlari vujudga keladi. Bu irklarning jamoalari Osiyo orkali avval Avstraliya, soʻngra esa Bering boʻgʻozi oʻrnida joylashgan quruklik orqali Amerika qitʼasiga tomon siljigan boʻlsalar, ulardan bir qismi Yevropada va boshqa bir turi esa Afrikada yashaganlar. Yuqori Paleolit davrida oʻq-yoy kashf etilib, tasviriy sanʼat yuzaga kelgan. Kromanon odamlari istiqomat qilgan gʻorlarning (Altamira) shiplari va devorlarida rangli boʻyoklar bilan ov manzaralari tasvirlari tushirilgan. Suyak va toshlardan ayollarning va turli hayvonlarning haykallari yasalgan. Yuqori Paleolitning yodgorliklari fanda Orinyak, Solyutre va Madlen madaniy nomlari bilan 3 bosqichga boʻlib tadqiq etilgan.
 
== Yana q. ==
 
* [[Mezolit]]
* [[neolit]]
 
== Adabiyot ==